Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda fuqaroni tepgan mahalla raisi ishdan olindi
Yakkasaroy tumanidagi Armug‘on mahallasi raisi A’zam Qodirov ishdan bo‘shatildi. Internetda tarqalgan videodan ko‘rinishicha, rais nogironligi bor shaxsni allaqanday bino oldidan haydab solarkan, uni orqasidan tepib yiqitgan.
Tuman hokimligi videodagi shaxs Armug‘on mahallasi raisi A’zam Qodirov ekanini tasdiqladi.
Bu masalada bugun, 28 noyabr kuni mahalla guzarida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Unda tuman hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari O.Rixsiboyev, tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvatlash bo‘limi boshlig‘i I.Hayitxo‘jayev hamda uning maslahatchisi T.Sayfullayev ishtirok etgan.
Yig‘ilishda mahalla raisi “o‘z lavozimiga nomunosib xatti-harakatlari” uchun lavozimidan ozod etilgan.
Toshkent shahar IIBBdan ma’lum qilishlaricha, voqea 27 noyabr kuni taxminan soat 12.30larda ro‘y bergan: 1963 yilda tug‘ilgan A’zam Qodirov jamoat joyida, ya’ni Yakkasaroy tumani KXAY ko‘chasida 1973 yilda tug‘ilgan I.I.ni o‘zaro og‘zaki mojaro sababli bir marta orqasidan tepgan.
Holat yuzasidan MJtKning 183-moddasi ("Mayda bezorilik") bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Sud tomonidan huquqbuzarga nisbatan tegishli ta’sir choralari ko‘rilishi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.
O‘tgan hafta Samarqandda mahallaning qimorboz raisi ishdan olingan edi.
Mavzuga oid
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026
12 yanvar kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtinchalik cheklanadi
18:27 / 10.01.2026