Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi kommunal soha mas’ullari, boşqaruv organlari boşqaruv kompaniya rahbarlari, şirkatlar rahbarlari, özini-özi boşqariş organlari barça mas’ullariga murojaat bilan çiqdi.
“Barçangizga talabimiz va topşiriğimiz böladi: 40 mingdan ortiq köp qavatli uylarda 5 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. Havoning keskin pasayişi va qor yoğişini e’tiborga olib, har bitta kiriş yölaklari eşigining yopilişiga, tuzli, qumli aralaşmalar vaqtida sepilişiga va tozalaşga qattiq e’tibor berişimiz, barça çoralarni körişimiz kerak. Prezidentimizning Uçtepa tumaniga taşrifida uyalib qoldik, kiriş yölaklarining tozalanmagani, yaxmalak bölib yotganidan bizga qattiq e’tiroz böldi. Bunday noxuş holatlar bölmasligi uçun havo haroratining keskin pasayişida biz kommunal soha mas’ullari mas’uliyat bilan yondaşişimiz kerak”, – dedi vazir örinbosari Ozoda Jörayeva.
U mas’ullarni aholidan tuşayotgan dispetçerlik avariya holatlariga tezkorlik bilan çora körişga çaqirdi.
Şuningdek, vazir örinbosari barça işçilarni issiq çoy, ovqat, issiq oyoq-kiyim bilan ta’minlaş kerakligini qöşimça qildi.
Avvalroq, Energetika vazirligi anomal sovuq davrida energiyani tejaşga çaqirib, murojaat bilan çiqqandi.
Energetika vazirligi 10-15 yanvar kunlari davomida kuzatiladigan sovuqda köriladigan çoralar haqida ma’lumot berdi. Gaz şoxobçalariga çeklovlar saqlanib qolinişi va yirik gaz iste’molçilarining iste’moli kamaytirilişi aytildi.














