Köp qavatli uylarda issiqlik ta'minoti tizimiga oid masalalarga bağişlangan matbuot anjumanida Uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi vakillari sohaga oid yangiliklar haqida axborot berişdi. Vazirlik boşqarma boşliği Ravşanbek Jörayev issiqlik ta'minotiga ajratilayotgan xorijiy mablağlar, tizimdagi kamçiliklar töğrisida xabar berdi.

«Respublika böylab 23 ming 500ta xonadonga issiqlik ta'minoti yetkazib beriş közda tutilgan. Ulardan 14 ming 700tasi issiqlik energiyasi bilan ta'minlangan, 8 ming 400tasi issiqlik ta'minoti yetkazib berilmayapti. 2018 yilda investitsiya doirasida issiqlik ta'minoti va köp qavatli xonadonlarni uy-joy fondlarini rivojlantiriş maqsadida respublika budjet mablağlari hisobidan 20 mlrd söm ajratildi. Buxoro, Namangan, Toşkent viloyatlaridagi 8ta qozonxona va issiqlik tarmoqlari modernizatsiya qilindi.

2019 yilda esa şu yönalişga 58 mlrd söm ajratildi. Şundan 42 mlrd sömga quriliş-montaj işlarini amalga oşiriş, 16 mlrd sömga kelgusi yil uçun loyiha-smeta işlarini amalga oşiriş rejalaştirilgan. Uşbu mablağdan 5ta mahalliy qozonxona, 1ta markaziy qozonxona va Nukus köçasidagi 1 kilometrlik issiqlik quvvatini örnatiş amalga oşirildi», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ta'kidlanişiça, hozir issiqlik ta'minoti ötgan asrning 50-70 yillarda qurilgan tizim orqali yetkazib berilyapti. Bu öz-özidan energiya ortiqça sarflanişiga olib kelyapti. Muammoni bartaraf etiş uçun keyingi yildan Çirçiq, Buxoro şaharlarida markazlaştirilgan issiqlik ta'minoti tizimini rekonstruksiya qiliş boşlanadi. Bu loyihaga Jahon banki tomonidan 220,7 mln AQŞ dollari ajratiladi. Şuningdek, Andijon, Çirçiq, Buxoro, Samarqand va Toşkent şaharlarida ham uşbu loyiha bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi.