Buxoro viloyati umumta’lim maktablari, örta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari oçilişini 16 yanvarga keçiktirdi. Bu haqda viloyat hokimligi 12 yanvarga ötar keçasi xabar qildi.
«Buxoro viloyati umumta’lim maktablari, örta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida 11 yanvar kunidan an’anaviy tarzda öqiş boşlangan edi.
Biroq sovuq ob-havo şaroitida köpçilik ota-onalarning murojaatlarini inobatga olib, Buxorodagi barça ta’lim muassasalarida öqiş 16 yanvar kunidan boşlanişi belgilandi», deyiladi xabarda.
Şuningdek, maktabgaça ta’lim maskanlari ham öz işini 16 yanvar kunidan boşlaydi.
5 yanvar kuni kuçli sovuq kutilayotgani munosabati bilan Özbekistondagi barça ta’lim muassasalarida qişki ta’til muddati 17 yanvarga qadar uzaytirilgandi. Ammo 10 yanvar kuni hukumat hududiy hokimliklarga ta’til grafigini mustaqil belgilaşga ruxsat bergani ma’lum böldi. Buxoro viloyati boşqa aksar hududlar qatori darslarni 11 yanvardan boşlaşga qaror qilgandi. Faqat Farğona viloyatida darslar 16 yanvardan, Sirdaryo viloyatida yuqori sinf öquvçilari uçun 13 yanvardan, boşlanğiç sinf öquvçilari uçun 16 yanvardan, Navoiy viloyati va Qoraqalpoğistonda 12 yanvardan boşlanadigan bölgandi.

















