Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda harakatlanuvchi yangi avtobuslarning dvigateli muzlab qolgani aytildi
12 yanvar kuni avtobuslarning yo‘nalishga chiqishida muammo paydo bo‘lgan.
Foto: KUN.UZ
«Toshshahartransxizmat» AJ 12 yanvar kuni poytaxtdagi yo‘lovchi tashuvchi avtobuslar yo‘nalishga 1,5 barobar kam chiqqani haqidagi tanqidiy xabarga munosabat bildirdi.
Xabarga ko‘ra, O‘zbekistonda havo haroratining 20 darajadan keskin pasayishi natijasida yangi xarid qilingan katta rusumli avtobuslar dvigateli havo tizimi yaxlab qolgan, buning oqibatida texnik nosozliklar vujudga kelgan. Avtobuslarga tezkor servis va joriy ta’mir xizmatlari ko‘rsatilgan, nosozliklar bartaraf etilgan. Shu sababli avtobuslarning o‘z vaqtida yo‘nalishlarga chiqishi bo‘yicha 30-35 daqiqa vaqt mobaynida kechikishlar sodir bo‘lgan. Soat 8:35 da rejaga asosan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslar chiqarilishi ta’minlandi, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, yo‘lovchilarning transport xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida, 12 yanvar kuni MAN PP3 rusumli 20 ta sayyohlik avtobusi ajratilib, yo‘nalishlarga chiqarilgan.
Mavzuga oid
21:04 / 13.12.2025
Vetnam O‘zbekiston bilan strategik sheriklikni chuqurlashtirishga tayyorligini tasdiqladi
19:17 / 07.12.2025
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61 mlrd dollardan oshdi
20:41 / 06.12.2025
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida aviaqatnovlar ko‘paytiriladi
19:52 / 06.12.2025