HHAM boş qarorgohi Haaga şahrida joylaşgan, butun dunyodan 200 ga yaqin professional huquqşunoslarni birlaştirgan tarmoq hisoblanadi. Markaz turli sohalarda yuridik va arbitraj xizmatlarini taklif etadi, xalqaro huquq, savdo va investitsiyalar, mediatsiya va arbitraj, huquqiy ekspertiza va boşqa yönalişlarda öquv kurslari, konferensiya va seminarlar taşkil etadi.
HHAM vakili Özbekiston bilan hamkorlikni, jumladan, huquq va biznes sohalarida mutaxassislarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş sohasida onlayn va oflayn şakllardagi öquv kurslari taşkil etiş orqali aloqalarni rivojlantirişga tayyorligini bildirdi.
HHAM kurslari davlat xodimlari, sudyalar, tadbirkorlar, korporativ rahbarlar va xalqaro huquqşunoslarga huquq va boşqaruv sohasidagi sönggi yangiliklar bilan kengroq tanişiş, bilim va könikmalarini boyitiş, barça huquqiy masalalar böyiça foydali ma’lumotlarga ega böliş imkoniyatini beradi.
Mediatsiya va arbitraj, huquq va biznes, muzokaralar olib boriş, xalqaro şartnomalar loyihalarini tayyorlaş, xalqaro nizolarni hal qilişning samarali mexanizmlari, huquq va texnologiyalar kabi yönalişlar ham samarali hamkorlik qilişning istiqbolli jihatlarini taşkil qiladi.

















