Qoraqalpoğistondagi namoyişlar taşkilotçisi Dauletmurat Tajimuratov 16 yilga qamaldi. U jazoning dastlabki 2 yilini turmada, qolgan qismini qattiq tartibli koloniyada ötaşi belgilandi.

Tajimuratov uyuşgan guruh taşkil qilib, Qoraqalpoğiston Respublikasining amaldagi hukumatini ağdarib, özini Jöqorği Kenges raisi lavozimiga tayinlaş maqsadida 2022 yilning 1-2 iyul kunlari ommaviy tartibsizliklarni taşkillaştirişda ayblangandi.

Sudda prokuror Tajimuratovga 18 yil berişni söragandi.

«Dauletmurat Tajimuratov JKning 159-moddasi 4-qismi, 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi «a» bandi, 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş), 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi «a», «b», «g» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 59-moddasi tartibida 16 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga sudlanib, jazoning dastlabki 2 yilini turmada, qolgan qismini qattiq tartibli koloniyada ötaş belgilandi», deyiladi Oliy sud matbuot xizmati xabarida.

Özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilingan 228 million söm zararni sudlangan Tajimuratovdan undiriş, sudlanganlarga tegişli bölib jinoyat işi doirasida xatlovga olingan mol-mulklarni keltirilgan zararni qoplaşga qaratiş belgilangan.