Mirzo Uluğbek tumanida 2017 yilda qurilgani aytilayotgan köp qavatli uyning devorlari yorilib ketgani aks etgan video tarqaldi. Holatdan Quriliş vazirligi xabardor, mas’ullar örganiş işlarini boşlagan.

Videoda ma’lum qilinişiça, tumandagi “Oliy himmat” MFYda joylaşgan bu “novostroyka”ning barça xonalaridagi devorlari yorilib ketgan.

“Mana şu darajagaça keldi. Şu uyni “novostroyka” deb bizga aldov yöli bilan sotişdi. Mana şunday ahvol, oynalar va eşik yopilmaydi. Oçiq qolgan joylaridan köça körinadi”, – deydi videomurojaat muallifi.

Quriliş vazirligi holat yuzasidan örganiş işlarini boşlanganini ma’lum qildi.

Eslatib ötamiz, 8 fevral kuni prezident jamoatçilik vakillari va mutasaddilar iştirokidagi yiğilişda Toşkent şahrida boş reja bölmagunça yangi qurilişlarga moratoriy e’lon qilinişini aytgandi.