Özbekiston prezidentining Fransiyaga taşrifi doirasida Toşkent tramvay tizimini loyihalaştiriş va quriş böyiça kelişuvga erişildi.
ÖzA xabariga köra, Toşkentda tramvay tizimi “tajribali fransuz transport kompaniyasi” tomonidan loyihalaştiriladi. Hozirda 3 ta yönaliş rejalaştirilmoqda. Eng avvalo “Yangi Özbekiston” boğigaça tramvay liniyasi olib boriş böyiça loyiha işlari boşlanadi.
Gazeta.uz'ning yozişiça, bu loyihaga oid “yöl xaritasi” 22 noyabr kuni Parijda Özbekiston boş vazir örinbosari – investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayev hamda Fransiya taşqi savdo, iqtisodiy jozibadorlik va xorijdagi fuqarolar böyiça vaziri Olive Beşt tomonidan imzolangan.

Kelişuvga köra, Fransiyaning Alstom maşinasozlik kompaniyasi Toşkentda 9,1 km uzunlikdagi tramvay liniyasini quradi, uning marşruti hozirça ma’lum qilinmadi. Bu liniyada yölovçi taşiş hajmi kuniga 78 ming kişini taşkil etişi reja qilingan. Quriliş boşlanişi 2024 yilning 2-çoragiga möljal qilingan. Loyiha qiymati 167,4 mln yevroga baholangan.
Toşkent şahar hokimi örinbosari – investitsiyalar va taşqi savdo boşqarmasi boşliği Şarof Rahmonovning naşr bilan suhbatda ma’lum qilişiça, tramvaylar tender asosida sotib olinadi.
Transport vaziri Ilhom Mahkamov tramvay liniyalari qurilişi bilan Alstom şuğullanişini naşrga tasdiqlagan, lekin marşrutlar hali aniq emasligini bildirgan.
E’tiborlisi, Mahkamov bir oy oldin Kun.uz muxbiriga Toşkentda tramvay bölişi yo bölmasligi masalasida hali bir qarorga kelinmaganini aytgandi. Şahar hokimi örinbosari Şarof Rahmonov esa Gazeta.uz bilan suhbatda oxirgi 3-4 oydan beri Alstom kompaniyasi bilan loyiha ustida maslahatlaşuvlar olib borilganini bildirgan.
Istiqbolli yönalişlardan biri Toşkentni Yangi Toşkent şahri bilan boğlaydigan, Yangi Özbekiston boği oldidan ötuvçi Yangi Özbekiston köçasi deb körilmoqda. Bu yönaliş liniyasi “Döstlik” metro bekatidan boşlanişi mumkin.



















