Ukrainada urushning 402-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • AQSh Ukrainaga 2,6 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini tayyorlamoqda.
  • Rossiya maxsus xizmatlari The Wall Street Journal muxbiri, FXX josuslikda ayblagan Evan Gershkovichni kuzatib kelgani ma’lum bo‘ldi. Jurnalistning o‘zi telefoni eshitilayotgan bo‘lishi mumkinligini aytgan.
  • Vashington barcha amerikaliklarni — «hatto jurnalistlar»ni ham — Rossiyadan ketishga chaqirdi.
  • Ukraina hukumati Ukraina provaslav cherkovi mitropoliti Kiyev-Pechersk lavri noibi Pavelni (Lebed) Rossiya bosqinini oqlashda gumonlamoqda. Uning uyida tintuv o‘tkazilgan. Sud ruhoniyni uy qamog‘iga jo‘natgan.
  • Rossiya bir oy davomida BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qiladi. Ukraina TIV rahbari Dmitro Kuleba buni «xalqaro hamjamiyat yuziga tarsaki» deb atadi.

Buchada halok bo‘lganlarning portretlari ilingan xiyobon

Kiyev atrofidagi Bucha shahri 2022 yil martida Rossiya qo‘shinlari tomonidan okkupatsiya qilingandi. 2023 yil 31 mart kuni, shahar ozod etilganining bir yilligida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, shuningdek Moldova prezidenti Mayya Sandu, Slovakiya bosh vaziri Eduard Xeger, Sloveniya bosh vaziri Robert Golob hamda Xorvatiya bosh vaziri Andrey Plenkovich okkupatsiya chog‘ida halok bo‘lganlarni xotirlashdi. Bucha ozod etilganining bir yilligi munosabati bilan shaharda qurbonlarning portretlari ilingan xiyobon ochildi.

Buchada Rossiya okkupatsiyasi chog‘ida halok bo‘lgan tinch aholi vakillari portretlari galereyasi oldida turgan keksa yoshli ayol
Oleksii Chumachenko / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Avdiyivkadan evakuatsiya

Avdiyivka — Donetskka shimoliy yo‘ldosh shahar bo‘lib, bu yerda urushga qadar 35 ming kishi yashagan. Shahar hududining katta qismini kimyoviy va metallurgiya korxonalari band etgan, Ukraina qurolli kuchlari bu hududlarda 2014-2015 yillardayoq mudofaa istehkomlari barpo eta boshlagan — o‘shanda hududga juda yaqin joylashgan Donetsk aeroporti uchun urush boshidan buyon eng muhim janglardan biri bo‘lib o‘tgandi.