Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Markaziy Osiyoda “tinchlikni ta’minlashga” tayyorligini ma’lum qildi
Xitoyning Sian shahrida “S5 sammiti” bo‘lib o‘tdi, unda Si Jinping Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlariga “moliyaviy yordam” ko‘rsatishga va’da berdi, shuningdek, xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirish haqida gapirdi.
Foto: MARK CRISTINO/Pool via REUTERS
Xitoy rahbari Si Jinping 19 may, juma kuni XXR shimoli-g‘arbidagi Sian shahrida Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekiston rahbarlari bilan uchrashdi. “S5 guruhining birinchi sammiti” deb atalgan uchrashuv doirasida Xitoy rahbari Markaziy Osiyoda “tinchlikni ta’minlash” va Markaziy Osiyo davlatlarining “mudofaasini kuchaytirish”ga tayyorligini ma’lum qildi.
AFP xabariga ko‘ra, Si Jinping o‘z nutqida Pekin separatizm, terrorizm va ekstremizmni o‘z ichiga olgan mintaqadagi “uch yovuzlikka” qarshi xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi. “Olti davlat ichki ishlarga chet el aralashuviga va “rangli inqiloblar”ni yuzaga chiqarishga urinishlarga qat’iy qarshi turishi kerak”, dedi Xitoy rahbari sobiq Sovet respublikalaridagi tartibsizliklarga ishora qilib. Xususan, Moskva ularni G‘arb qo‘llab-quvvatlaydi, deb hisoblab keladi.
Uchrashuvda, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida fuqarolik sohasi, jumladan, savdo, infratuzilma loyihalari, energetika sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Si Jinpingning aytishicha, Pekin Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi transport yo‘nalishlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda, ular uchun “moliyaviy ko‘mak” va “bepul yordam” ko‘rinishida 26 milliard yuan (3,4 milliard yevro) ajratadi. Xitoy tomoni keltirgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilda Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 70 milliard AQSh dollariga (64,7 milliard yevro) yetib, 2023 yilning birinchi choragida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22 foizga oshgan.
Financial Times ta’kidlaganidek, Rossiya an’anaviy ravishda Markaziy Osiyoda hukmronlik qilganiga qaramay, uning Ukrainada boshlagan urushi Moskva avvallari tinchlikparvar sifatida harakat qilgan mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirgan. Uning barqarorlikni saqlab qolish qobiliyatiga ishonch, xususan, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida o‘tgan yilgi mojarodan keyin kamaydi.
Mavzuga oid
08:45
Rahmon: chegara kelishuvlari Markaziy Osiyoda ishonch va barqarorlikni kuchaytirdi
13:07 / 17.12.2025
Toshkentda parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi
23:24 / 12.12.2025
Qozog‘iston eshiklari markaziy osiyolik migrantlar uchun «ochilishi» mumkin
13:31 / 12.12.2025