10:26 / 05.06.2023
17341

«Vagner» XHK Rossiya Qurolli kuchlari podpolkovnigini asirga olganini e’lon qildi

Prigojin Rossiya Qurolli kuchlarining asirga olingani taxmin qilinayotgan harbiysi aks etgan videoni e’lon qildi, u XHKga tegishli mashinaga qarata o‘q uzganini tan olgan. U buni «shaxsiy adovat tufayli» qilganini aytadi. 

Foto: PRESS SERVICE OF "CONCORD"/REUTERS

4 iyun, yakshanba kuni «Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin o‘z matbuot xizmatining Telegram-kanalida o‘zini RF Qurolli kuchlari 72-brigadasi qo‘mondoni Roman Venevitin deb atagan shaxs so‘roq qilingan videoni e’lon qildi. Venevitinning tan olishicha, mastlik holatida, «Vagner XHKga «shaxsiy adovat tufayli» tufayli u XHKga tegishli mashinaga o‘q uzgan, shuningdek, Prigojin jangchilari guruhini qurolsizlantirgan. 

Prigojin so‘nggi kunlarda XHK va Mudofaa vazirligi bo‘linmalari o‘rtasida davom etayotgan to‘qnashuvlar haqida bir necha bor xabar berdi. Xususan, u rossiyalik harbiy xizmatchilar Rossiya Mudofaa vazirligi buyrug‘i bilan Baxmutdan XHK jangchilarining chiqish yo‘llariga «yuzlab tanklarga qarshi minalar va tonnalab plastidlar» qo‘yganini aytdi. «Hozirda surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda, bu zaryadlarni qo‘yganlar Mudofaa vazirligi vakillari edi. Nega bunday qildingiz, deb so‘rashganida, ular barmoqlarini yuqoriga ko‘rsatyapti. Savollarga javob bermayapti», deya 2 iyun, juma kuni Prigojinning so‘zlarini keltirgan uning matbuot xizmati. 

«Taxmin qilish mumkinki, ular «Vagner» XHKning oldinga siljish bo‘linmalarini ushbu zaryadlar bilan kutib olishni xohlagan, garchi biz kolonna bo‘lib yurmaymiz», - deya qo‘shimcha qildi Prigojin. «Vagner guruhi» rahbarining so‘zlariga ko‘ra, uning odamlaridan hech kim jabrlanmagan. U vaziyatni «ommaviy qamchilashga urinish» deb hisoblaydi. 

«Hech qanday shubha bo‘lmasligi uchun e’lon qilinmoqda», dedi Prigojin Mudofaa vazirligi bo‘linmalari bilan to‘qnashuv haqidagi savolga javoban, qo‘lga olingan Venevitin aks etgan videoni e’lon qilib. Rossiya armiyasi vakillari hozircha videoga izoh berishmagan. 

Mavzuga oid
Top