Davlat departamenti Polshaga 15 mlrd dollarlik havo mudofaa tizimlarini sotishni ma’qulladi
Polsha havo hujumidan mudofaa tizimini modernizatsiya qilish doirasida 48 ta Patriot qurilmasi va 644 ta raketani sotib oladi.

Foto: Global Look Press
AQSh Davlat departamenti Polshaga 15 milliard dollar (13,7 milliard yevro) miqdorida havo va raketaga qarshi mudofaa jangovar boshqaruvining integratsiyalashgan tizimini sotishni ma’qulladi, deya xabar bermoqda Reuters 29 iyun, chorshanba kuni AQSh Mudofaa vazirligiga tayanib.
Polsha havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini modernizatsiya qilish doirasida 48 ta Patriot qurilmasi, ular uchun 644 ta raketa, shuningdek, turli datchiklar, yordamchi uskunalar va ehtiyot qismlar sotib oladi. Kelishuv Davlat departamenti tomonidan ma’qullanganiga qaramay, Pentagon shartnoma imzolangani yoki muzokaralar yakunlangani haqida hali e’lon qilmadi, deb yozadi Reuters.
Agentlik ta’kidlashicha, Yevropa davlatlarining Amerika qurollariga bo‘lgan qiziqishi ular Ukrainadagi harbiy amaliyotlar uchun muhim bo‘lganidan keyin ortdi.
Aprel oyida mamlakat mudofaa vaziri, bir vaqtning o‘zida bosh vazir o‘rinbosari lavozimini egallab turgan Mariush Blashchak Polsha «Yevropadagi eng kuchli quruqlik armiyasi»ni yaratish niyatida ekanini aytgan edi. «Intensiv modernizatsiya ishlari olib borilmoqda. Iloji bo‘lsa, biz Polshada ishlab chiqarilgan zamonaviy texnikaga buyurtma beramiz», - deya ma’lum qilgan mamlakat Mudofaa vazirligi mart oyida mingta Borsuk piyoda askarlar jangovar mashinalarini ishlab chiqarishga buyurtma berganidan keyin.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonlik agronomlar Italiya ilmiy markazlarida amaliyot o‘taydi
O‘zbekiston | 09:48
-
Ekzitpol: Polsha saylovlarida konservator Navrotskiy yetakchilik qilmoqda
Jahon | 09:30
-
O‘zbekistonda 2030 yilgacha yashillik darajasi 30 foizga yetkaziladi
O‘zbekiston | 09:10
-
Zelenskiy Rossiya aerodromlariga hujumda qatnashganlarga minnatdorchilik bildirdi
Jahon | 08:51
Mavzuga oid

09:30
Ekzitpol: Polsha saylovlarida konservator Navrotskiy yetakchilik qilmoqda

21:44 / 01.06.2025
Mashhur rassomning o‘g‘irlangan 50 ming dollarlik kartinasi chiqindixonadan topildi

21:17 / 01.06.2025
Britaniya yadroviy qurollarni tashishga qodir qiruvchi samolyotlarni xarid qiladi

18:51 / 01.06.2025