Qirg‘iz deputati Sooranbay Jeenbekovni sobiq prezident maqomidan mahrum qilish taklifi bilan chiqdi
Qirg‘iziston qonunchiligiga ko‘ra sobiq prezidentning o‘zi va yaqinlariga ko‘plab imtiyozlar berilgan.
Qirg‘iziston parlamenti deputati Oqilbek Tumonboyev Sooranbay Jeenbekovni Qirg‘iziston sobiq prezidenti maqomidan mahrum qilishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini ilgari surmoqda.
Uning ta’kidlashicha, davlat rezidensiyasida Sooranbay Jeenbekovning yashashi, uning xavfsizligini ta’minlash va boshqa imtiyozlar uchun davlat budjetidan ketayotgan xarajatlarni hisoblab chiqish haqida topshiriq bergan.
“Nafaqat unga, balki oilasi va qarindoshlariga ham davlat tomonidan imtiyozlar berilgan. Men bu masalani parlamentda ko‘taraman, tegishli qonun loyihasini kiritaman, prezident Sadir Nurgujoyevichga murojaat qilaman va bu odamdan sobiq prezident maqomini olib tashlashga harakat qilaman, chunki u bu maqomga loyiq emas”, deydi Oqilbek Tumonboyev.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonning beshinchi prezidenti Sooranbay Jeenbekov 2020 yilning oktyabrida ro‘y bergan tartibsizliklar ortidan iste’foga chiqishga majbur bo‘lgandi. 16 oktyabrda u xalqdan kechirim so‘rab murojaat qilgandi.
Qirg‘iz parlamentida uni sobiq prezident maqomidan mahrum qilish masalasi bir necha bor ko‘tarilgandi. Mahalliy OAVning yozishicha, Qirg‘izistonning sobiq rahbarlari orasidan faqatgina Sooranbay Jeenbekov va Roza Otunboyeva eks-prezident maqomini saqlab qolishgan, Asqar Akayev, Qurmanbek Bakiyev va Almazbek Atambayev bu maqomdan mahrum bo‘lgan.
Qirg‘iziston qonunchiligiga ko‘ra sobiq prezidentga jinoiy javobgarlikdan daxlsizlik maqomi, davlat xavfsizligi (to‘liq hajmda), bepul tibbiy xizmat (sobiq prezidentning o‘zi uchun ham, yaqinlari uchun ham), davlat dachalaridan biridan umrbod foydalanish, aeroportlar, vokzallar va boshqa vokzallardagi zallardan mansabdor shaxslar yoki delegatsiyalarni kutib olish uchun bepul foydalanish, ommaviy aloqa vositalaridan tekin foydalanish huquqi beriladi. Shu bilan birga, sobiq prezidentning sha’ni va qadr-qimmati qonun bilan himoya qilinadi.
Pensiya yoshiga yetgunga qadar sobiq davlat rahbari mamlakat prezidentiga to‘lanadigan oylik maoshning 75 foizi miqdorida har oy umrbod nafaqa olish huquqiga ega.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024