Safar davomida Guansi avtonom rayoni Taşqi işlar departamenti boş direktori örinbosari Song Xay Jin, Tijorat vazirligi hududiy departamenti direktori örinbosari doktor Yuye Syumey va Xitoy xalqaro savdoni rağbatlantiriş taşkiloti raisi Yang Yan bilan uçraşuvlar ötkazildi.
Bölib ötgan uçraşuvlar çoğida savdo-iqtisodiy hamkorlik, madaniy va turizm aloqalarini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Hudud Taşqi işlar departamenti rahbariyati bilan muloqotda hududlararo hamkorlik, madaniy va turizm aloqalarini rivojlantiriş xususida fikr almaşildi.
Tomonlar hududiy korxonalar örtasida özaro kooperatsiya aloqalarini örnatiş va investitsiyalarni jalb qiliş yuzasidan hamkorlikni çuqurlaştiriş zarurligini ta’kidladi. Qişloq xöjaligi va turizm yönalişlarida hamkorlik qiliş uçun katta salohiyat mavjudligi qayd etildi.
Tijorat vazirligi hududiy departamenti direktori örinbosari doktor Yuye Syumey bilan bölib ötgan uçraşuv davomida savdo-iqtisodiy va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş masalalari körib çiqildi.
Xitoy xalqaro savdoni rağbatlantiriş taşkilotidagi uçraşuvda tomonlar hududiy tadbirkorlar va biznes vakillari iştirokida qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Xitoy tomoniga mamlakatdagi biznes vakillari uçun yaratilgan imkoniyatlari va respublika tadbirkorlari tomonidan işlab çiqarilayotgan yuqori sifatli quriliş materiallari, ekologik toza qayta işlangan mahsulotlarni Guansi bozoriga yetkazib berişga tayyorlik bildirildi.

















