Jizzaxda o‘g‘irlangan davlat raqamidan foydalanib 292 ta qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi ushlandi
Davlat raqami Toshkent shahridagi ustaxonalarning biridan o‘g‘irlangan va qariyb bir yil davomida beshta turli mashinaga taqib kelingan.
Jizzaxda o‘g‘irlangan davlat raqamini taqib olgan, noqonuniy tarzda migalka va sirena yoqib harakatlanayotgan haydovchi qo‘lga olingan.
Jizzax viloyati IIB YHXB axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, 2023 yil 11 iyul kuni M-39 Toshkent-Termiz xalqaro yo‘lining Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidan o‘tgan qismida migalka va sirenani yoqib kelayotgan Malibu-2 mashinasi viloyat IIB YHXB xodimlarida shubha uyg‘otgan.
Malibu-2 inspektorlar tomonidan to‘xtatilib, tekshirib ko‘rilganda unga taqilgan 01 015 QFA davlat raqami mazkur mashinaga tegishli emasligi aniqlangan. Mashina yukxonasidan yana bir juft davlat raqamlari topilgan.
Bundan tashqari, mashinaning old oynasi noqonuniy ravishda qoraytirilib olingani aniqlangan. Shundan so‘ng haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, mashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, mashinadagi davlat raqami 2022 yil 4 avgust kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan ustaxonalarning biridan o‘g‘irlab ketilgani ma’lum bo‘lgan.
O‘g‘irlangan davlat raqami Toshkent shahrida yashovchi fuqaroning Nexia mashinasiga tegishli ekani oydinlashgan.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘irlangan davlat raqami qariyb bir yil davomida Toyota Prado, Tricker, Malibu-2, Lacetti va Nexia-3 mashinalariga taqilgan va 2022 yil 4 avgustdan 2023 yil 11 iyulga qadar ular tomonidan 292 marta tezlik qoidalari buzilgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nomoddiy madaniy meros namunalarini ro‘yxatga kiritish bilan bog‘liq reglament tasdiqlandi
Jamiyat | 18:38
-
Putin KXDR harbiylari Kursk janglarida qatnashgani uchun Kim Chen Inga minnatdorchilik bildirdi
Jahon | 18:28
-
Fitch agentligi Toshkentning kredit reytingini qayta tikladi
O‘zbekiston | 18:22
-
Qirg‘iziston Rossiyadan S-300 zenit-raketa komplekslarini oldi
Jahon | 18:20
Mavzuga oid

12:46
Jarima ballarini hisoblash 1 maydan boshlanmaydi

07:35 / 26.04.2025
Jizzaxda 40 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

20:44 / 25.04.2025
O‘zbekistonda yil boshidan buyon 170 dan ortiq kishi YTH sodir etgani uchun qamaldi

08:35 / 25.04.2025