Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston xalqaro zaxiralariga doir tarqalayotgan xabarlar yuzasidan Markaziy bank munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, xalqaro zaxiralar hajmi 2017 yil bilan soliştirilganda 9,3 mlrd dollar yoki 35,3 foizga oşgan bölib, bu holat 2017-2022 yillar mobaynida xalqaro zaxiralar tarkibidagi monetar oltin hajmining 67 tonnaga ortganligi hamda oltin narxining 2017 yil boşidagi 1159,1 dollardan 2022 yil yakuniga 1812,4 dollargaça kötarilişi bilan izohlanadi. Bunda xalqaro zaxiralar xajmiga oltin narxi özgarişining ta’siri 6,9 mlrd dollarni taşkil qilgan.

MB köra, xalqaro zaxiralarning keng ma’nodagi pul massasiga nisbati 2023 yil 1 iyul holatiga 204 foizni taşkil qilgan bölib, 20 foizlik minimal talabdan 10 barobar köp.

2023 yil 1 iyul holatiga xalqaro zaxiralar 11,3 oylik importni qoplaşga yetadigan darajada şakllantirilgan. Bu esa minimal talab etiladigan körsatkiçdan qariyb 4 barobarga yuqoridir (minimal talab 3 oy).

«Mavjud xalqaro zaxiralar Özbekistonning 2023 yil davomida söndirilişi kutilayotgan qisqa muddatli taşqi qarzlarini töliq qoplaydi hamda bugungi kunda minimal talabga nisbatan qariyb 5,1 barobar yuqori darajada şakllangan. Taşqi savdo böyiça asosiy hamkor mamlakatlar körsatkiçlari bilan soliştirganda Özbekiston xalqaro zaxiralarining YaIMdagi uluşi nisbatan yuqori darajada şakllangan. Jumladan, Özbekistonda xalqaro zaxiralarning YaIMga nisbati 44 foizni taşkil qiladi», deyiladi regulyator bayonotida.