«Yollanma askarlarni kiritish va ulardan ushbu gibrid urushda foydalanishga urinishlar ham bo‘ladi. Bu ssenariylarning barchasini hisobga olish kerak», - dedi Rinkevichs Litva prezidenti Gitanas Nauseda bilan qo‘shma matbuot anjumanida.
O‘z navbatida, Litva davlati rahbari shunday dedi: «Ushbu guruhlar bizning chegaralarimiz, Latviya va Litva chegaralariga juda yaqin joylashgani qo‘shimcha xavf tug‘dirmoqda».
U Belarusda yollanma askarlar soni ortib borgani sari Vilnyus qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ko‘rishiga va’da berdi.
Bir kun avval Litva mudofaa vaziri Arvidas Anushauskas «Vagner» XHKning Belarusda bo‘lishi mintaqadagi xavfsizlik holatini sezilarli darajada o‘zgartirmasligini aytgandi.











