Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek-turkman chegarasi hududida savdo markazi quriladi
Savdo markazini 2025 yil iyul oyida foydalanishga to‘liq tayyor holda topshirish ko‘zda tutilgan.
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga o‘zbek-turkman chegarasi hududida savdo markazini loyihalash va qurish bo‘yicha shartnoma tuzishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi.
Shartnoma, shuningdek, hududni obodonlashtirish va aloqa, elektr va suv ta’minoti uchun tashqi muhandislik tizimlarini yotqizishni o‘z ichiga oladi.
Mazkur obekt Turkmanistonning qo‘shni davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida, shuningdek, Turkmaniston hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida 2021 yil 5 oktyabrda imzolangan Turkmaniston-O‘zbekiston chegarasidagi savdo zonasi – savdo markazini tashkil etish va tartibga solish to‘g‘risidagi bitimga muvofiq quriladi.
Hujjatda qurilish ishlarini 2023 yil iyul oyida boshlash va savdo markazini 2025 yil iyul oyida foydalanishga to‘liq tayyor holda topshirish ko‘zda tutilgan, deb xabar bermoqda Turkmaniston davlat axborot agentligi.
Savdo markazi Turkmanistonning Dosho‘g‘iz viloyati va O‘zbekistonning Xorazm viloyatiga (Shovot tumani) tutash hududda qurilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
09:23 / 28.04.2026
«Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi yangilanadi – Saida Mirziyoyeva
21:46 / 27.04.2026