Pedofiliya bilan boğliq jinoyatlar töxtagani yöq: 2023 yil 6 oyida 16 yoşga tölmaganlarga nisbatan jinsiy tajovuz bilan boğliq işlar uçun 257 nafar şaxslarga sud hukmlari öqilgan. Bu hozirça huquq tartibot organlariga ma’lum bölgani, qozon yopiqligiça qolib ketayotgan holatlar qança?
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Yaqinda Farğonada 11 yoşli qizni zörlab öldirişda gumonlanib, 17 yoşli yigit qölga olindi. Olmaliq şahrida yoş bolalarni axloqsiz harakatlar qilişga majburlagan 39 yoşli erkak uşlandi.
Qançalik köp qoralanmasin bolalarga nisbatan zöravonliklar, xususan, pedofiliya hamon sodir bölişda davom etmoqda. Kun.uz pedofiliya bilan boğliq jinoyatlar böyiça Oliy sud axborot xizmatidan ma’lumot oldi. Unga köra, 2023 yilning ötgan 6 oyi davomida:
15 nafar jinoyatçi 14 yoşga tölmagan şaxsning nomusiga tegiş;
44 nafar jinoyatçi 14 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan zörlik işlatib, qörqitib yoki jabrlanuvçining ojizligidan foydalanib, jinsiy ehtiyojni ğayritabiiy usulda qondiriş;
163 nafar jinoyatçi 16 yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qilişda;
35 nafar jinoyatçi 16 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş jinoyatlarini sodir etgani uçun jazolangan.
Bu raqamlarning orasida hali odamlar yodidan çiqmagan Muslima fojiasi ham bor. Pedofiliyaning, zöravonlikning oldini oliş uçun yana nimalar qiliş kerak? Kun.uz yana bir bor jamoatçilik faollarining bu haqdagi fikrlariga quloq tutdi.
Firuz Allayev, tadbirkor:
«Tarğibot. Mavzuni köproq kötariş, muhokama qiliş aholining muammoga nisbatan diqqatini jalb qiladi. Tarğibotda pedofiliyaning bolaga ta’siri, uning yomonliklariga alohida e’tibor beriş kerak.
Ta’lim. Axloqiy tomondan taşqari, bolalarga şaxsiy daxlsizlik, öz xavfsizligini ta’minlaşni örgatiş dolzarb hisoblanadi. Bola örgatilsa, xavfni yoki öziga nisbatan noaxloqiy harakatni sezsa, nima qilişini bilişi kerak. Özimizda bolalikda pedofil qurboni bölgan köpçilik öşa paytda u narsa yomonligini bilmagan ham. Şu uçun bolalar bilan bu mavzuni muhokama qiliş zarur deb öylayman. Özbekistonda maktablarda jinsiy ta’lim zarurligini bir neça yildan beri aytib kelamiz. Mavzu nozik bölgani uçun hali-beri joriy qilinmasa kerak. Heç bölmasa, ota-onalar vaziyatni qölga olib, bolasining himoyasi uçun ham buni tuşuntirişi muhimdir.
Qonunlar va jazoni kuçaytiriş. Jazo muqarrarligi, uning oğirligi ham pedofillarni tiyib turuvçi mexanizm böladi. Yildan yilga qonunçilikni yanada kuçaytirişimiz zarur. Pedofil 2-3 yillik jazo bilan qutulib qolsa va amaldor bilan bölgan keysdagi kabi sud faqat jamoatçilik bosimi bilangina işlasa, vaziyat yaxşilanişi qiyin böladi. Jazo qat’iy, oğir va muqarrar bölişi kerak.
Mavzuga oid
Sohaga boğliq kadrlarni öqitiş. Maktab psixologlari, öqituvçilar, IIV xodimlari, mahalla nozirlari, xullas bolalar bilan işlaydigan har qanday xodimlarni bu böyiça öqitiş, bola pedofil qurboniga aylanganini qanday payqaşni örgatiş kerak. Şunda pedofiliya oilada bölgan holatda, bular uni anglaşi va bola himoyasiga otlanişi mumkin.
Qurbonlarni qöllab-quvvatlaş. Pedofiliya bilan boğliq muammolar oçilmasligining asosiy sabablaridan biri jamiyat munosabatidir. Voqea jamiyatda keng muhokama qilinadi, pedofil qurbonlari endi «ijtimoiy qurbon»ga ham aylanişadi, jamiyat tomonidan ham diskriminatsiyaga uçraşadi. Aksinça, bunaqa holatda jamiyat ham, davlat ham qurbonlarni qöllab-quvvatlaşi, ular vaziyatdan çiqib ketişi uçun zarur moliyaviy, tibbiy va psixologik yordamni berişi, jamiyat qurbonlarga nisbatan özining paradigmasini özgartirişi zarur. Pedofiliyaga uçraganlar aybdor emas, qurbon, buni hammamiz his qilişimiz kerak.
Fuqarolik jamiyatining ahamiyati oşişi. Pedofil amaldorlar keysida fuqarolik jamiyati muhim rol öynadi. Şunga öxşab, har bir keysda ijtimoiy jamoatçilik jim turmasligi, imkon boriça aholiga ham, hukumatga ham muammoning jiddiyligini yetkazişi dolzarb hisoblanadi. Bular birinçi faktor, tarğibotda ham rol öynaşadi».
«Bu voqeaning dahşatli joyi şuki, bolalarimiz ayrim hollarda umuman xavfsiz va himoyasiz. Ota-onalar bolalarning xavfsizligi masalasiga yengil qaraşmoqda. Şu oila Sergelidagi marhuma Muslima fojiasini hatto eşitmagan ham bölsa kerak deb öylayman. Çunki uni eşitgan har bir ota-ona oddiy ota-onalik instinkti tufayli ham bolasini qattiqroq himoya qiladi. Qizçaning hayotiga zomin bölgan ösmirlar bunday iş uçun bir umrga qamalişini bilişmaganmi? Bilişsa, balki qörqişardi.
Nimaga jar solmayapmiz hamma joyda, nimaga köçalarga ijtimoiy bannerlar ilib taşlamayapmiz, televideniyeda ijtimoiy reklamalar bermayapmiz, sms-xabarnoma jönatmayapmiz va hokazo? Bunaqa holatlar statistikasi balki oşmagandir, lekin barham topgani ham yöq-ku. Har bir bolani qattiq himoya qilişimiz, elementar xavfsizlik qoidalarini kerak bölsa yoş bolasi bor har bir uyning eşigiga yopiştirib çiqişimiz kerak. Bilgan – qurollangan demakdir».
Aziza Umarova, bloger, jamoat faoli:
«1. Şoşilinç tarzda, maktablarda jinsiy tarbiya darslarini, ya’ni bolalarga ularning jinsiy a’zolariga umuman tanlariga teginişga heç kimning teginişga haqqi yöqligini uqtiruvçi darslarni joriy etiş zarur. Şuningdek, bu darslarda, bolalarga pornografiya zararlari va ularni tomoşa qilişga yöl qöyilmasligi tuşuntirilişi hamda bolalar va ota-onalarga beşta muhim qoidani tuşuntiriş zarur:
- Köçada begonalar bilan muloqotga kirişmaslik va ularni uyga kiritib bölmasligi.
- Notanişlar bilan liftga kirmaslik.
- Notanişlar maşinasiga ötirmaslik.
- Notanişlardan sovğalarni qabul qilmaslik va ularning uyiga yoki boşqa joyga boriş taklifiga rozi bölmaslik.
- Imkon boriça, köçada yolğiz qolmaslik, ayniqsa qoronği tuşgandan keyin.
2. Kamida bir yil huşyorlik oşirilişi va militsiya, Milliy gvardiya va xavfsizlik organlarining barça e’tibori pedofiliya, voyaga yetmaganlarga qarşi jinsiy jinoyatlarga qarşi kuraşga qaratilişi kerak.
3. Har bir xabar beruvçi axborot resurslar, ya’ni televizor, avtobusdagi roliklar, radio bolalar xavfsizligi haqida sözlaşi kerak. Bolani notaniş şaxslar bilan biror joyga yuboriş mumkin bölgan holatlarga yöl qöymaslik zarur.
4. Jinoyatga jazo munosib va mutanosib jazo bölişi kerak. Umrbod qamoq jazosi yoki ölim jazosini joriy qiliş zarur.
Şuningdek, voyaga yetmaganlarga jinsiy zöravonlik qilganlarning, ya’ni pedofillarning davlat reyestri yuritilişi kerak».
Özbekistonda bu kabi jinoyatlarga çek qöyiş yöllari haqida bong urilarkan, qonunçilikda jazolarning yumşoqligi aytildi. Aprelda qabul qilingan yangi qonunda jazo biroz kuçaytirildi. Mazkur qonun bilan Özbekistonda ham pedofillarning reyestri yuritiladigan böldi. Bu reyestrga bolalarni zörlagan şaxslar kiritiladi va ularga ta’lim sohasida işlaş taqiqlandi. Ular nafaqat ta’limda işlay olmaydi, umuman bolalar bilan bevosita işlaşni nazarda tutuvçi har qanday faoliyat turi bilan şuğullanişi man etiladi.
Yuridik fanlari doktori, professor Lola Saidovaning aytişiça, mazkur reyestrni taşkil qiliş tartibi Içki işlar vazirligi tomonidan joriy qilinişi keçikyapti:
“Bu jinoyatçilarni, ya’ni pedofillar röyxatini yuritiş Içki işlar vazirligi zimmasiga yuklatilgandi. Biroq haligaça bu mexanizm yaratilmadi”, deydi professor.
Dunyo tajribasi qanaqa?
Dunyo tajribasida qöşni davlatlarda va rivojlangan mamlakatlar qonunlarida pedofillarni ayovsiz jazolaş yölga qöyilgan. Masalan, Qozoğistonda 2016 yilda imzolangan «Bolalar huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonunga köra, qöşni davlatda pedofillarga nisbatan kimyoviy kastratsiya şaklida keskin jazo çorasi qöllaşga ruxsat berilgan. Bu jinoyatni sodir etganlar Qozoğiston Jinoyat kodeksining 50-moddasiga binoan umrbod ozodlikdan mahrum qilinişi belgilangan.
Qozoğistonda voyaga yetmagan şaxslarning jinsiy daxlsizligiga qarşi jinoyatlar sodir etganligi uçun javobgarlikka tortilgan şaxslarning oçiq reyestri.
Ukrainada esa bunday jinoyat uçun 7 yildan 15 yilgaça (amnistiyasiz) qamoq jazosi beriladi. Pedofillarning oçiq reyestri yuritiladi va majburiy kimyoviy kastratsiya qilinadi. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zöravonlik qilganlar ustidan umrbod ma’muriy nazorat örnatilgan.
Qayd etiş joiz, 2017 yil «Xavfsiz şahar» dasturi qabul qilingandi. 2020 yil prezident farmoniga köra «Xavfsiz mahalla» tizimi joriy etilişi aytilgandi. Har hil dasturlar-u sa’y-harakatlarga qaramay kun sayin şaharda ham, qişloqda ham xavf darajasi kamayotgani yöq. Amaliy harakatlarni boşlaş vaqti esa allaqaçon kelgan…