2023 yil iyul oyi rekord darajadagi eng issiq oy böldi. Bu haqda BMT boş kotibi Antoniu Guterriş ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, endi şunday «qaynaş davri» boşlanmoqda.
Ilgari iyul oyining örtaça harorati Tselsiy böyiça 16 daraja atrofida bölgan. Ammo bu yil u 17 darajaga kötarildi. Iqlimşunoslarning ta’kidlaşiça, bundan oldin Yerda bunday issiqlik faqat 120 ming yil oldin bölişi mumkin edi.
Şunday bölsa-da, BMT qoşidagi Jahon meteorologiya taşkiloti (JMT) oy yakunlanmagani bois, yangi rekordni e’lon qilmadi. Biroq, Antoniu Guterriş buni ortiqça deb hisoblamoqda. «Buni biliş uçun iyul oyining oxirigaça kutiş şart emas», dedi boş kotib.
«Iqlim özgarişini hamma körib turibdi. Bu dahşatli. Va bu faqat boşlanişi. Global isiş davri tugadi, global qaynaş davri keldi - havodan nafas olişning iloji yöq, issiqlikka çidab bölmayapti», dedi Antoniu Guterriş.
28 iyul kuni Leypsig universiteti (Germaniya) olimlari eng issiq oy haqidagi dastlabki xulosalarni tasdiqlovçi tadqiqotini e’lon qildi. Ularga köra, örtaça global harorat avvalgi rekord örnatilgan 2019 yil iyuliga nisbatan kamida 0,2 darajaga kötarilgan.

















