Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nemis siyosatchilari Germaniyani Ukrainaga qanotli raketalar yetkazib berishga chaqirdi
Germaniyalik siyosatchilar nemis qanotli raketalarini Ukrainaga yetkazib berishga chaqirishdi.
Foto: thedrive
Germaniya hukumati Kiyevni «zudlik bilan» Taurus tipidagi qanotli raketalar bilan ta’minlashi kerak, dedi muxolifatdagi Xristian-demokratik ittifoqdan (XDI) Bundestag deputati Roderix Kizevetter Welt am Sonntag nashriga bergan intervyusida.
Uning qayd etishicha, Bundesver 600 ta Taurus tizimi bilan qurollangan, ulardan 450 ga yaqini jangovar harakatlarda foydalanishga tayyor emas, lekin MBDA tomonidan yangilanib, Ukrainaga jo‘natishga tayyorlanishi mumkin.
O‘z navbatida, Erkin demokratik partiya (EDP) hukmron koalitsiyasining eksperti Markus Faber Ukraina tomonidan Buyuk Britaniyadan yetkazib berilgan qanotli raketalardan muvaffaqiyatli foydalanilganiga ishora qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qurolning ushbu turi qanchalik muhim ekanidan dalolat beradi.
Ukraina harbiylari artilleriya otishmalari paytda Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilgan o‘q-dorilardan ham foydalanmoqda, deb yozgandi avvalroq Financial Times Ukraina qurolli kuchlari rahbariyati va harbiy xizmatchilariga tayanib.
FT jurnalistlari Baxmut hududida KXDRdan kelgan o‘q-dorilar qo‘llanganini qayd etgan. Shu bilan birga, artilleriyachilar snaryadlarni tanqid qilib, jurnalistlarni otish vaqtida «Grad» raketa moslamasidan uzoqroq turish haqida ogohlantirdi, chunki snaryadlar «juda ishonchsiz va ba’zida aqldan ozdiruvchi ishlar qiladi», deb yozadi FT.
Belgilarga ko‘ra, ular 1980-1990-yillarda ishlab chiqarilgan. Ukraina harbiylarining ta’kidlashicha, o‘q-dorilar ko‘pincha noto‘g‘ri ishlaydi yoki portlamaydi, biroq ulardan snaryadlar yetishmasligi sababli hamon foydalanilyapti.
Mavzuga oid
17:55 / 16.12.2025
Ukrainada sulh va saylov ehtimoli ortmoqda - siyosatshunoslar
14:30 / 16.12.2025
Nemis biznesi Ukrainaga yordamni Germaniya buyurtmalari bilan bog‘lamoqchi
12:24 / 16.12.2025
Germaniya Ukrainaga investitsiya kiritish bo‘yicha yangi dasturni boshlayapti
11:55 / 16.12.2025