Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaning 11 mintaqasidagi «voyenkomat»larda 100 ga yaqin tintuv o‘tkazildi
Ukrainada «harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash bo‘yicha keng miqyosdagi sxema» fosh etildi, deb xabar bermoqda mamlakat Bosh prokuraturasi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 11 mintaqada tuman hududiy chaqiruv va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari vakillari hamda harbiy-tibbiy komissiya a’zolari «uchinchi shaxslar orqali» erkaklarni sog‘lig‘i bo‘yicha harbiy xizmatga yaroqsiz deb topish to‘g‘risida ma’lumotnomalar berishgan.
Rasmiy ma’lumotlarda aytilishicha, bunday ma’lumotnomalar o‘rtacha olti ming dollarga baholangan.
Tergov doirasida Odessa, Karpatorti, Kiyev, Poltava, Vinnitsa, Cherkassi, Chernihiv, Lviv, Jitomir, Ivano-Frankivsk viloyatlari va Kiyevda 100 ga yaqin tintuv o‘tkazildi.
Xabarda ta’kidlanishicha, harbiy komissarliklarda tibbiy hujjatlar tegishli tartibda olib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
13:30
Yevgeniy Xmara Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga nomzod bo‘ldi
10:10
MRB rahbari: Ukrainadagi frontga kelgan rossiyalik yangi askar o‘rtacha 20–30 daqiqa yashaydi
21:37 / 16.07.2026
Sergey Koretskiy Ukrainaning yangi bosh vaziri etib tayinlandi
20:14 / 16.07.2026