Rossiyada IIV tuzilmalaridan 5000 xodim ishdan bo‘shab ketdi
Iyul oyida 5 ming xodim Rossiya IIV tuzilmalarini tark etdi, dedi Vladimir Kolokolsev. Rossiya ichki ishlar vaziri kadrlar sezilarli darajada yetishmayotganini ta’kidladi.

Foto: Rossiyada IIV
Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev uning idorasida xodimlarning keskin tanqisligi kuzatilayotganini aytdi. «Kadrlar taqchilligi juda katta. Aytishim kerakki, bu keskin tus oldi. Oxirgi bir oy ichida besh ming xodim ichki ishlar organlarini tark etdi. Bu qiyin vaziyat», - dedi u 10 avgust, payshanba kuni Ichki ishlar vazirligining hududiy organlari yangi rahbarlarini tanishtirish marosimida.
Kolokolsev Sevastopol va Magadan viloyatida xodimlarning sezilarli darajada kamligi sharoitida «katta yuklama» borligini ta’kidladi va mahalliy ichki ishlar organlarini «buni minimallashtirish uchun hamma narsani qilishga» chaqirdi.
Vazir xuddi shu muammo haqida Ukraina urushi oldidan ham gapirgan
Kolokolsev ilgari ham xodimlar yetishmayotgani haqida ma’lum qilgan, ammo vaziyatni keskin deb atamagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ichki ishlar vazirligining asosiy bo‘linmalarida faqat 2021 yilda ishdan bo‘shagan tergovchilar soni uchdan bir qismga ko‘paygan. «Eng jiddiy muammo – yetishmovchilik. Xususan, 2021 yilda ichki ishlar organlaridan ketgan tergovchilar soni 2020 yilga nisbatan 34 foizga oshgan. Kadrlar yetishmovchiligi masalasi post-patrul xizmati, jinoyat qidiruv bo‘limi, giyohvandlik vositalari ustidan nazorat va iqtisodiy xavfsizlik bo‘linmalari uchun ham dolzarbdir. Ya’ni, barcha muhim sohalarda», — deya ma’lum qilgan Kolokolsev 2022 yil fevral oyi o‘rtalarida, Ukraina urushi boshlanishidan bir necha kun oldin.
Rossiya ichki ishlar vaziri o‘sha paytda ham, hozir ham xodimlar ommaviy ishdan bo‘shab ketishining asosiy sabablarini e’lon qilmadi.
Rossiya hukumati IIV xodimlari sonini bir millionga yetkazmoqchi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2022 yil dekabrdagi farmoniga muvofiq, Rossiyada Ichki ishlar vazirligi xodimlarining soni 2023 yilda 922 ming kishi bo‘lishi kerak. 2024 yilda uni 12 ming nafarga, 2025 yilda esa 938 ming nafarga oshirish rejalashtirilgan edi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
12 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:46
-
O‘zbekistonda binolarning zilzilaga bardoshliligi xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda o‘rganiladi
O‘zbekiston | 22:38
-
Ilon Mask Tesla’ning raqsga tushayotgan roboti videosi bilan bo‘lishdi
Fan-texnika | 22:14
-
Toshkentda ko‘p qavatli uy tomiga o‘zboshimchalik bilan restoran qurilgani aniqlandi
Jamiyat | 22:10
Mavzuga oid

20:55
Shavkat Mirziyoyev «Gazprom neft» kompaniyasi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

20:52
Xitoy Ukrainadan Moskvadagi parad vaqtida hujum qilmaslikni so‘ragan

16:51
«Rosatom» O‘zbekistondagi kichik AES bloki uchun uskunalar ishlab chiqarishni boshladi

14:22