Sud Alisher Usmonovni «Putinning sevimli oligarxi» deb atashni taqiqladi
Tadbirkor o‘zini shunday nomlagan avstriyalik jurnalistlarni sudga berib, yutib chiqdi.

Foto: Reuters
Germaniyaning Hamburg hududi sudi tadbirkor Alisher Usmonovning Avstriyaning «Kurier» gazetasiga qarshi da’vo arizasini qanoatlantirdi. Nashr o‘z maqolasida uni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning «sevimli oligarxi» deb atagan edi. Milliarder jurnalistlarni sudga berib, bunday bayonotni tuhmat deb atadi.
Avvalroq, gazeta rossiyalik tadbirkorlar va ularning Ukraina urushidagi roli haqidagi maqola e’lon qildi. Unda Usmonov haqida shunday jumlalar bor: «O‘zbekistonda tug‘ilgan Usmonov «Putinning sevimli oligarxi» degan maqomga ega, Putinning o‘zi unga shunday maqomni bergan».
Tadbirkor bunday bayonotlar o‘z huquqlarini poymol qilishini ta’kidladi. Jurnalistlar sudda Putin Usmonovni «sevimli oligarx» deb ataganiga dalil keltira olmadi.
Avvalroq, Germaniyaning Frankfurt-Mayn okrugi Alisher Usmonov ishi bo‘yicha mamlakat huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan bir qator tintuvlarni noqonuniy deb topdi.
Shundan so‘ng, Alisher Usmonov Germaniya Federal Konstitutsiyaviy sudiga o‘zining «Dilbar» yaxtasida o‘tkazilgan tintuvlar yuzasidan da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Bu ish hozirda ko‘rib chiqilmoqda.
Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin Alisher Usmonov boshqa ko‘plab rossiyalik tadbirkor va siyosatchilar singari Yevropa Ittifoqi, shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada, Avstraliya va boshqa mamlakatlarning sanksiyalari ostida qoldi. Usmonov Yevropa sanksiyalarining sud orqali bekor qilinishiga erishmoqchi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putin bilan muloqotdan keyin Rossiya va Ukraina «zudlik bilan» muzokaralar boshlashini ma’lum qildi
Jahon | 01:09
-
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
Jahon | 00:15
-
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
Jahon | 23:51 / 19.05.2025
-
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:26 / 19.05.2025
Mavzuga oid

01:09
Tramp Putin bilan muloqotdan keyin Rossiya va Ukraina «zudlik bilan» muzokaralar boshlashini ma’lum qildi

22:46 / 19.05.2025
Putin va Tramp telefon orqali muloqot qildi. U ikki soatdan ortiq davom etdi

20:50 / 19.05.2025
Putin urushdan qanday chiqishni bilmaydi – Vens

20:22 / 19.05.2025