«Ğijduvon şaşligi» geografik körsatkiç sifatida davlat röyxatidan ötkazilgan. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Geografik körsatkiç guvohnomasi viloyat adliya boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari Ş.Bahronov tomonidan Ğijduvon tuman hokimi Şerzod Aşurovga tantanali ravişda topşirilgan.
«Qayerga borilsa, hamma restoranlarda Ğijduvon şaşligi deb yozişadi. Endi tuman hokimligining ruxsatisiz u nomni heç kim heç qayerga yoza olmaydi. Mabodo Ğijduvon şaşliklari pişiraman desa, albatta u Ğijduvonga kelib, hokimlikdan ruxsat olib, tölovini tölaydi va ğijduvonliklardan sörab, keyin pişiradi. Bu bizning brend. Mana, Hindiston Oyga özining kosmik kemasini uçirdi. Xudo xohlasa, biz uçinçi renessans farzandlarini tarbiyalasak, biz ğijduvonliklar Oyga yetib boramiz. Öşa yerda Ğijduvon şaşliklarini pişiramiz», deya ta’kidlagan tuman hokimi Şerzod Aşurov guvohnomani qabul qilib oliş jarayonida.
Biroq Adliya vazirligi buni inkor etdi. Ma’lum qilinişiça, Buxoro viloyatida birinçi bölib davlat röyxatidan ötkazilgan uşbu geografik körsatkiçdan foydalaniş huquqini tasdiqlovçi guvohnoma uning egasi, ya’ni Ğijduvon tuman hokimligiga guvohnomada körsatilgan tovar turiga nisbatan foydalaniş huquqini beradi. Muayyan tovarning geografik körsatkiç sifatida davlat röyxatidan ötkazilişi jismoniy va yuridik şaxslarga qöşimça majburiyatlarni yuklamaydi.

«Geografik körsatkiçlar töğrisida»gi qonunga köra, agar geografik körsatkiçni röyxatdan ötkazgan şaxs muayyan sifati, nom qozongani yoki boşqa xususiyatlari sezilarli darajada uning geografik kelib çiqişiga boğliq bölgan tovarni işlab çiqarayotgan bölsa, mazkur şaxs uşbu geografik körsatkiçdan foydalaniş huquqini oladi. Röyxatdan ötkazilgan geografik körsatkiçdan foydalaniş huquqi xuddi şu geografik obektda joylaşgan va xuddi şunday xususiyatlarga ega bölgan tovar işlab çiqarayotgan boşqa yuridik yoki jismoniy şaxsga ham berilişi mumkin.

















