Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalar uchun mo‘ljallangan Kivi Kids TV televizori taqdim etildi
U to‘p zarbasi va marker chiziqlaridan «qo‘rqmaydi».
IFA 2023 ko‘rgazmasida Kivi kompaniyasi Kids TV yangi modelini namoyish etdi. Nomidan ko‘rinib turibdiki, u bolalar uchun mo‘ljallangan.
Ushbu 32 dyuymli HD Smart TV bolalar o‘yinlariga «chidamli» bo‘lib, ekrani yorilib ketmaydigan, issiqlik va tirnalishga chidamli himoya oynasi bilan qoplangan. Televizorning ramkasi va tagligidan LEGO konstruktori qismlari uchun asos sifatida foydalanish mumkin.
Televizor Android 11 tizimida ishlaydi va film yoki multfilm tomosha qilayotganda bolalarning ko‘zini himoya qilish uchun ko‘k nur miqdorini kamaytiradigan Low BlueLight texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. To‘plamda ovozli boshqaruvga ega pult ham bor.
Televizorda AlumiGlow yoritgichi mavjud, undan televizor o‘chirilgan bo‘lsa ham foydalanish mumkin: ekran so‘nadi va tungi chiroqqa aylanadi.
Kivi Kids TV sotuvga chiqish sanasi va narxi hali e’lon qilinmadi. Biroq, inSmart nashri uni 8499 chex kroni yoki taxminan 4,5 mln so‘mga sotuvga chiqishi haqida yozdi.
Mavzuga oid
09:39
AI inqilobi smartfonlar narxini yanada oshirishi mumkin
17:57 / 17.06.2026
Amazon Leo sun’iy yo‘ldosh interneti O‘zbekistonda ishga tushiriladi
21:55 / 15.06.2026
Anthropic AQSh hukumati talabiga binoan o‘zining eng kuchli sun’iy intellekt modellarini o‘chirdi
20:26 / 12.06.2026