«Hayotiy hikoyalar» ruknida berilayotgan navbatdagi hikoya qahramoni bir paytlar tadbirkorlik qilgan oddiy jaydari odam. U bundan ança yillar avval boşidan ötkazgan hodisani aytib berar ekan, uni sizlarga havola etişga qaror qildik.

«Men öqituvçi oilasida tuğilganman. Yoşligimda ziyoli otam men uçun eng avval halollik, söng odob-axloq böyiça har tomonlama örnak bölgan.

Biron marta uning birovni sökiş, haqorat qiliş u yoqda tursin, qattiqroq gapirganini eşitmaganmiz. Katta-kiçikni, hatto öz öquvçilarini ham sizlab gapirardi.

Ulğaygaç negadir otamning yölidan ketmadim, tadbirkor böldim. Biroq öqituvçilarga bölgan hurmatim saqlanib qolaverdi. Keyinçalik muallimdan yomon odam çiqmaydi degan tuşunça tufayli ançagina pulga çuv tuşdim.

2005-yillar, poytaxtdagi bozorlardan birida savdo qilaman. Haftada bir kun ulgurji bozor böladi. Öşa kuni köplab mijozlar kelişadi va bizdan quruq meva olişadi.

Boşqa kunlarda savdo sustroq böladi va qöşnilar bilan şaxmat öynab ötiramiz. Şu paytda bozor oralab yurgan odamlar orasidan şaxmatga qiziqadiganlari öyinimizni tomoşa qiladi. Ayrimlari bizga qarşi öynaydi.

Ana şunday kunlardan birida şaxmat öynab turgan paytimizda oq köylak, qora şim kiygan, böynida böyinboği bor, bir ziyolinamo odam ham öyinimizni tomoşa qila boşladi.

Ertasi kuni öşa odam yana keldi. U bilan tanişdik, aytişiça Samarqand viloyatida tuğilgan ekan (bizga qöşni tuman nomini aytdi). Öqişni bitirib Toşkentda qolgan, uylanib bola-çaqa qilgan, Toşkentdagi institutlardan birida biologiyadan dars berarkan.

Şaxmat öyini paytida turli mavzularda suhbatlar bölar, şu jumladan kimning qança savdo qilgani ham muhokama qilinardi. Domla (men u odamni şunday deb atay boşladim) indamay quloq solardi.

Bora-bora domla oldimizga tez-tez keladigan böldi, yozgi ta’til payti edi, bunga ajablanmadik. Biroq ta’til paytida nega har kuni oq köylak va galstuk taqqan holda keladi, şunisiga tuşunmasdik.

Bu orada domla özimizning qadrdonlarday bölib ketdi. Kunlarning birida u meni mehmonga çaqirdi. Aytilgan vaqtda uyiga bordim. Domla tört qavatli uylardan birining birinçi qavatida ikki xonali uyda turarkan.

Domlaning uyiga kirib borar ekanman, uning nihoyatda kamtar yaşaşini körib hayron qoldim. Uyda oşiqça jihozning özi yöq, borlari ham ança urinib qolgandi.