Moskvada havo hujumidan mudofaa uchun mas’ul ikki general hibsga olindi
Generallar Ogniyenko va Belyatskiy korrupsiyada gumon qilinmoqda. Konstantin Ogniyenko hibsga olingan, Dmitriy Belyatskiy esa - uy qamog‘ida.

Konstantin Ogniyenko Foto: Balashixa ma’muriyati / VK
Moskvani havo hujumlaridan himoya qiluvchi 1-maxsus maqsadli havo hujumidan mudofaa armiyasi sobiq qo‘mondoni general-mayor Konstantin Ogniyenko juda katta miqdordagi pora olish bo‘yicha jinoiy ishda ayblanuvchiga aylandi. Bu haqda 7 sentabr, payshanba kuni Rossiya OAV xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, general 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin bo‘lgan jinoiy ish iyul oyida ochilgan. Ogiyenko hibsda, uning hibs muddati 27 noyabrgacha uzaytirildi.
O‘ta yirik miqdordagi pora
«Kommersant» gazetasining yozishicha, Ogniyenko 4-havo hujumidan mudofaa diviziyasi qo‘mondoni general-mayor Dmitriy Belyatskiy bilan birgalikda «Nadejda» jamoat tashkiloti rahbaridan 500 ming rubl olgan. Bu jami 30 million rubllik poraning birinchi qismi edi, buning evaziga harbiylar Rossiya Mudofaa vazirligining Moskva yaqinidagi Dolgoprudniy va Lobnyadagi yerlarini qurilish uchun ajratishga va’da bergan.
Belyatskiy o‘z aybini qisman tan oldi va tergov bilan kelishuvga erishdi. U uy qamog‘iga olingan. Ogniyenko o‘z aybini tan olmayapti. Tergovchilar agar yengilroq ehtiyot chorasi tanlansa, «Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy ma’muriyati mansabdor shaxslari o‘rtasida keng aloqaga ega» general guvohlarga ta’sir o‘tkazishi, tergov va suddan yashirinishi mumkin, degan qarorga keldi.
Konstantin Ogniyenko 2021 yildan buyon Havo va raketalarga qarshi mudofaa - maxsus maqsadli Lenin ordenli 1-qo‘shinlar qo‘mondoni bo‘lib xizmat qilgan va jinoiy ish qo‘zg‘atilganidan keyin lavozimidan chetlatilgan. Hozirda tergov va Mudofaa vazirligi tomonidan 1-Havo mudofaasi armiyasiga biriktirilgan mudofaa va xavfsizlik yerlari inventarizatsiya qilinmoqda, shuningdek, 1-armiya tarkibiga kiruvchi Havo mudofaasi qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillari tekshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi

14:35 / 08.05.2025
Moskvada yashovchilar banklar, do‘konlar va taksilar ishida uzilishlarga duch kelmoqda

12:41 / 08.05.2025