Bir martalik moddiy yordam

“Yoşlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli oğir yoşlarga BHMning 4 baravarigaça (1 mln 320 ming sömgaça) moddiy yordam beriladi.

Moddiy yordam oliş uçun mahalladagi yoşlar yetakçisiga ariza beriladi. Yoşlar yetakçisi 3 iş kunida ariza bergan şaxsning ijtimoiy holatini örganadi hamda moddiy yordam beriş yoki rad etiş töğrisida Vasiylik kengaşiga (tuman (şahar) yoşlar işlari bölimi) xabar beradi.

Moddiy yordam “Xalq banki” orqali naqd yoki plastik kartaga beriladi. Bir martalik moddiy yordam oliş yoşlarni “Yoşlar daftari”dan çiqarişga asos bölmaydi. Moddiy yordam bir yilda bir marotaba beriladi.

Yoşlarning tadbirkorlik va kasb-hunarga öqiş xarajatlari qoplab beriladi

Yoşlarning tadbirkorlik va kasb-hunarga öqiş xarajatlarining 75 foizigaça qismi hokim yordamçisining ijobiy tavsiyasi asosida tölab beriladi.

Buning uçun tadbirkorlikka yoki kasb-hunarga öqişni istagan yoşlar tuman (şahar) Yoşlar işlari bölimiga ariza hamda öquv kursi şartnomasi nusxasini beradi. Şartnomada ta’lim taşkiloti nomi, STIR, öquv kursi yoki kasb-hunar nomi, bir oylik tölov miqdori va umumiy muddat körsatilgan bölişi lozim.

Hujjatlar 3 iş kunida ariza bergan yoşlar yaşaydigan mahalladagi hokim yordamçisiga körib çiqiş uçun yuboriladi va hokim yordamçisi 5 iş kunida öqiş xarajatlarini qoplaş haqidagi tavsiyanoma beriş yoki rad etiş haqida yoşlar işlari bölimini xabardor qiladi. Tavsiyanoma beriş rad etilsa, u asoslantirilgan bölişi şart.

Hokim yordamçisi arizani 5 iş kunida körib çiqmasa yoki tavsiyanoma berişni asossiz rad etsa, Vasiylik kengaşi (yoşlar işlari bölimi) öz taşabbusi bilan kontrakt pulini ötkazib berişi mumkin.

Öqiş xarajatlarning 75 foizigaça qismi, biroq quyidagi miqdorlardan köp bölmagan holda tölab beriladi:

– bir oygaça bölgan kurslar uçun – BHMning 4 baravarigaça;
– bir oydan 2 oygaça bölgan kurslar uçun – BHMning 8 baravarigaça;
– ikki oydan köp muddatli kurslari uçun – BHMning 12 baravarigaça.