Norvegiyaliklar madaniyatida “frilufsliv” degan tushuncha bor. 1850 yillarda norvegiyalik dramaturg Henrik Ibsen tomonidan qo‘llangan bu atama “free-loofs-liv”, ya’ni ochiq havoda yashash degan ma’noni bergan. Atama hozir qanday ma’noni anglatadi?
Frilufsliv nima degani?
1859 yilda Henri Ibasen frilufsliv atamasini “On the Heighs” dramasida ruhiy va jismoniy farovonlik uchun uzoq joylarda vaqt o‘tkazishni tasvirlash uchun ishlatgan.
Bugungi kunda shved, norvegiyalik va daniyaliklar frilufsliv deganda o‘rmonda tushlik qilishdan tortib, velosipedda (yoki qor tushganda chang‘ida) ko‘l bo‘yida do‘stlar bilan uchrashish kabilarni tushunadi.

Yoki oddiygina tog‘dagi kulbada dam olish ham frilufsliv mashg‘ulot sifatida qaraladi. Ya’ni u aynan bir faoliyat turi emas.

O‘rmonda sayr qilish, tog‘larda chang‘ida uchish ham uning bir qismi bo‘lishi mumkin.
Skandinaviya mamlakatlari nega tabiatni ko‘proq sevadi?
Bu ularning joylashuvi bilan ham bog‘liq. Skandinaviya davlatlarida tarixan va hozirgacha ham ko‘p yer kam aholi bo‘lgan. Ya’ni ulardan tabiatga yaqin bo‘lish imkoniyati doim bo‘lgan. Va bu hozirgacha ham saqlanib qolgan.

Norvegiya hududining 40 foizi o‘rmonlar va aholisi ham yashil maydonlarga yaqin yashashadi. 15 ta yirik shaharlari o‘rmon bilan o‘ralgan. Hududlarda urbanizatsiyalashuv sodir bo‘lsa ham odamlar tabiatda ko‘proq vaqt o‘tkazishni xohlaydi.
Bunga albatta oxirgi 100 yillikda turli kengash va ko‘ngillilar guruhlarining odamlarga tabiatda vaqt o‘tkazish nima uchun muhimligini tushuntirib borishgani ham sabab bo‘lgan



















