Hindistonning Lutf Foods & PVT Ltd kompaniyasi vakillari Özbekistonda amaliy safarda böldi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».

Hindistonlik işbilarmonlar safar doirasida Namangan viloyati Uyçi tumanida bölib, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş va ularni qayta işlaş jarayonlariga katta qiziqiş bildirdi. Mahalliy tadbirkorlar bilan özaro manfaatli şeriklik aloqalarini örnatiş imkoniyatlari va istiqbollari örganildi.

Tomonlar Özbekistondan Hindistonga quruq meva, xususan, bodom va yonğoq mağizlarini eksport qiliş böyiça muzokaralar ötkazdi.
Uçraşuv yakunida joriy yil oktyabr oyida Lutf Foods & PVT Ltd kompaniyasi bilan hamkorlikda Namangan viloyatidan quritilgan meva mahsulotlarini Hindistonga eksport qilişni yölga qöyiş böyiça kelişuvga erişdi.
















