Raqamlaştiriş vazirligi 3 oktyabr kungi matbuot anjumanida Özbekistonda raqamni saqlagan holda uyali aloqa operatorini özgartiriş imkoniyati yölga qöyilişini e’lon qilgandi.

Hozirda Özbekistondagi mobil operatorlar örtasida raqamlarni uzatiş tizimi – Mobile Number Portability (mnp.uz) sayti sinov tariqasida oçilgan, lekin tizim hozirça işlamayapti. Raqamlaştiriş vazirligining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, tizim 24−27 oktyabr kunlari bölib ötadigan “ICTWeek Uzbekistan 2023” haftaligida töliq taqdimot qilinadi.

Portaldagi ma’lumotlarga köra, raqamni saqlagan holda uyali aloqa operatorini özgartiriş 4 bosqiçda amalga oşiriladi.

1. Abonent raqamini köçirişga ariza beriladi

Abonent raqamini köçirişga quyidagi usullar orqali ariza beriş mumkin:

– mobil aloqa operatorlarining ofislarida ariza töldiriş orqali;

– yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali.

2. Abonent raqamini köçiriş xizmati uçun haq tölaş

Bir martalik tölov abonent ötayotgan operatorga tölanadi, tölov miqdori har bir mobil aloqa operatori tomonidan mustaqil belgilanadi.

3. Aloqa operatoridan yangi SIM-karta oliş

Operator abonent arizasini qabul qiladi, u bilan yangi kelişuv tuzadi va abonentga vaqtinçalik raqamga ega yangi SIM-karta topşiradi. Vaqtinçalik raqam nazarda tutilgan operatorga biriktirilgan raqamlar töplamidan tanlab beriladi, yangi SIM-karta esa abonent tomonidan arizada körsatilgan tarif rejasiga ulangan böladi.

Kelişuv tuzilgan vaqtda vaqtinçalik raqamga ega SIM-karta faol böladi va abonent uning raqami faktga köra yangi operatorga ötkazilguniga qadar ham yangi aloqa operatori (resipient-operator) xizmatlaridan foydalanişi mumkin.

Raqamni yangi operatorga ötkaziş arizasi rad qilinganda, abonent öziga berilgan SIM-karta orqali resipient-operator xizmatlaridan foydalanişda davom etişi mumkin. Raqam yangi operatorga muvaffaqiyatli ötkazilganda, resipient-operator SIM-kartadagi vaqtinçalik raqamni abonent arizasida ötkazilişi lozim deb körsatilgan raqamga özgartiradi. Raqamni boşqa mobil operatoriga köçiriş 8 iş soatidan ortiq bölmagan vaqt talab qiladi.