Xöş, Moskva qanday maqsadlarni közlamoqda va Rossiya diplomatiyasining tobora ösib borayotgan roli haqida jiddiy gapiriş mumkinmi? BBC Russian muxbiri Anastasiya Golubeva vaziyatni tahlil qildi.

Biz kimgadir xayrixoh ekanimizdan birov şubhalanmaydi»

Xalqaro jinoiy sudning orderidan söng 13 oktyabr kuni Bişkekka özining ilk xorijiy taşrifi bilan kelgan Putin katta qismi Isroil va falastinliklarga bağişlangan nutq sözladi. U HAMASning mamlakat janubiga kirgani haqida gapirar ekan, gapini «Isroil hali tarixda kuzatilmagan hujumga duçor bölgani» bilan boşladi.

Biroq şundan söng Putin Ğazo sektorini Ikkinçi jahon uruşida qamal qilingan Leningradga mengzadi va mustaqil Falastin davlati tuzilişi kerakligini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, bu holda mojaro avj olişiga AQŞning taşqi siyosati barbod bölgani boş sabab bölgan. Putinning fikriça, Isroil garçi «öz xavfsizligini ta’minlaşga haqli» bölsa ham, bu vaziyatdan çiqişga faqat «vositaçilik sa’y-harakatlari» bilan erişiladi.

Bunday vositaçi sifatida Putin oçiqçasiga Rossiyani taklif etdi: «Biz sönggi ön beş yillar içida Isroil bilan juda iliq munosabatlarga egamiz, Falastin bilan ham an’anaviy aloqalarimiz bor. Şu sababli biz kimgadir xayrixoh ekanimizdan birov şubhalanmaydi», — dedi u.

Şu kunning özida Rossiya BMTga Isroil va Falastinda öt oçişni töxtatiş böyiça öz rezolyutsiyasi loyihasini kiritdi, biroq u AQŞning vetosi bilan Xavfsizlik kengaşi tasdiğidan ötmadi.

Putnning çiqişidan söng HAMAS unga qöllab-quvvatagani uçun taşakkur bildirdi, Amerikaning The Wall Street Journal gazetasida esa mojaro fonida Moskva va Isroil örtasidagi munosabatlar jiddiy buzilgani haqida maqola çiqdi. Naşrning qayd etişiça, Putin HAMASning hujumi tufayli Binyamin Netanyahuga hamdardlik bildiriş uçun qönğiroq qilmagan jahonning kam sonli yetakçilaridan biri bölgan.

Ğarb va Rossiya mustaqil naşrlari BMTdagi Rossiya rezolyutsiyasida ham, Kremlning rasmiy bayonotlarida ham HAMAS tilga olinmaganiga e’tibor qaratgan, binobarin, uning harakatlariga baho berilmagan.

WSJ’ning yozişiça, Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan söng Kreml Moskvani savdo munosabatlari va qurol-yaroğ yetkazilişi orqali qöllab-quvvatlovçi Eron bilan aloqalarini mustahkamlagan. Eron esa, öz navbatida, HAMASning boş ittifoqçisi va Isroilning tarixiy duşmanidir.