Rossiyaning YeIdagi missiyasi rahbari josuslikda gumon qilinmoqda
48 yoshli Kirill Logvinov haqidagi mish-mishlar va shubhalar Bryusselda 2022 yilda paydo bo‘lgan, o‘shanda Belgiya kontrrazvedkasi uni deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kiritishni qat’iy, ammo muvaffaqiyatsiz talab qilgan.
Taxminan bir yil davomida Rossiyaning Yevropa Ittifoqidagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Kirill Logvinov Belgiya rasmiylari tomonidan Rossiya tashqi razvedka xizmatida ishlaganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Germaniyaning Der Spiegel nashri, Belgiyaning De Tijd gazetasi, Shvetsiyadan Expressen, Estoniyadan Delfi, Litvadan LRT, Polshadan VSquare va Fronstory, Slovakiyadan ICJK va Mixail Xodorkovskiy asos solgan «Dose» markazi ishtirok etgan Espiomats’ning 24 oktyabr, seshanba kuni chop etilgan qo‘shma surishtiruvida ma’lum qilindi.
Nashrning qayd etishicha, 48 yoshli diplomatga oid mish-mishlar va shubhalar o‘tgan yili Bryusselda paydo bo‘lgan. Belgiya kontrrazvedkasi Logvinovni josuslikda gumon qilib, deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kiritishni qat’iy talab qilgan, ammo bu hech qanday natija bermagan. «Faol razvedka xodimlarini Belgiyadan chiqarib yuborishga Yevropa tashqi harakatlar xizmatida siyosiy irodaning yo‘qligi to‘sqinlik qilishi mumkin», - deydi surishtiruv mualliflari. Yevropa parlamenti raisining o‘rinbosari Martin Xoysik, aksincha, Logvinovning maqomidan qattiq xavotir bildirdi. «U hali chiqarib yuborilmaganidan hayratdaman. Agar Belgiya razvedka xizmatlari uni chiqarib yuborishni talab qilsa, Yevropa tashqi harakatlar xizmati nima uchun faol emasligini bilish menga juda qiziq bo‘lardi», - dedi siyosatchi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Yevropa Ittifoqi parlamenti bu masalani ko‘rib chiqishini kutmoqda.
Surishtiruvda ta’kidlanishicha, Rossiyaning Bryusseldagi missiyasiga jiddiy cheklovlar qo‘yilganiga qaramay, Logvinov faol ishlashda davom etmoqda. 2022 yilda u Kremlga do‘st bo‘lgan davlatlar – Ozarboyjon, Venesuela, Belarus, Misr, Eron, Xitoy, Kuba, Qirg‘iziston, Livan, Nikaragua, Shimoliy Koreya, Suriya va Tojikiston delegatsiyalari uchun ko‘plab qabullar tashkil etishga muvaffaq bo‘ldi. Ulardan ba’zilari uchun u filmlar namoyishini tashkil qilgan. Masalan, «Buyraklar uchun tanklar» - Rossiya RT media-kompaniyasining Ukrainada mahalliy xavfsizlik xizmatlari ishtirokida organ savdosi haqidagi surishtiruvi.
Rossiya josuslik markazi
Surishtiruv mualliflarining ta’kidlashicha, Bryussel «rus josusligi markazi» hisoblanadi. Ukrainada keng ko‘lamli urush boshlanishidan oldin, Belgiya poytaxtida Rossiya razvedka xizmatlarining 200 dan ortiq xodimi, shu jumladan «SVR», Rossiya qurolli kuchlari Bosh shtabi bosh boshqarmasi (sobiq nomi - «GRU») va «FSB»ning Operatsion axborot va xalqaro aloqalar xizmati (5-xizmat) vakillari bo‘lgan.
2022 yilda Rossiya razvedkasining faolligi keskin oshdi. O‘sha yili 48 nafar rossiyalik Belgiyadan chiqarib yuborilgan. Ular orasida Rossiyaning Bryusseldagi elchixonasi, Rossiyaning NATO va YeIdagi vakolatxonalari xodimlari ham bor edi. Aksariyat hollarda haydalgan odamlar va Rossiya maxsus xizmatlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar borligi aniqlangan, deyiladi surishtiruvda.
Tavsiya etamiz
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi
O‘zbekiston | 14:22 / 16.01.2025
«Tashabbusli budjet»ga ayrim o‘zgarishlar kiritildi
O‘zbekiston | 13:13 / 16.01.2025
Bayroqdagi yangi yulduzlar: AQSh hududlarni qanday qo‘lga kiritgan?
Jahon | 18:08 / 15.01.2025
Qonuniy taksi bozori qariyb 6 trln so‘mgacha o‘sdi
Iqtisodiyot | 09:47 / 15.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Durov Fransiyadagi tergovchilarga Telegram moderatsiyasini yaxshilashga va’da berdi
Fan-texnika | 01:38
-
Apple yangilangan iOSʼdan sun’iy intellekt asosida ishlaydigan funksiyasini o‘chirib qo‘ydi
Fan-texnika | 00:50
-
Qozog‘iston va Rossiya chegarasida joylashgan ikkita nazorat-o‘tkazish punkti yopiladi
Jahon | 00:18
-
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Mavzuga oid
00:18
Qozog‘iston va Rossiya chegarasida joylashgan ikkita nazorat-o‘tkazish punkti yopiladi
22:12 / 17.01.2025
Microsoft rossiyalik hakerlarni siyosatchilarning WhatsApp akkauntlariga hujum uyushtirishda aybladi
20:26 / 17.01.2025
Rossiya va Eron strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi
17:50 / 17.01.2025