Dog‘iston aeroportida Isroildan uchib kelgan samolyot tufayli tartibsizliklar sodir bo‘ldi
29 oktyabr oqshomida Tel-Avivdan Mahachqal’aga samolyot yetib kelishidan biroz oldin aeroportda bir necha yuzlab odamlar yig‘ildi. Olomon uchish-qo‘nish yo‘lagiga bostirib kirgan. Yig‘ilganlar aeroportdan chiqayotgan mashinalarni to‘xtatgan, u yerdagilarning pasportlari tekshirilgan.

Foto: AP/picture alliance
Dog‘iston hokimiyati hamda Rossiyadagi musulmon va yahudiy konfessiyalari vakillari Mahachqal’a aeroportidagi tartibsizliklarni qoraladi.
Mahachqal’a aeroportida 29 oktyabr, yakshanba kuni Tel-Avivdan uchib kelgan samolyot atrofida tartibsizliklar sodir bo‘ldi. Hodisa «millatlararo adovatni qo‘zg‘atishga qaratilgan va inson huquqlarining qo‘pol buzilishiga olib kelishi mumkinligi aniq», dedi Rossiya Federatsiyasidagi inson huquqlari bo‘yicha vakil Tatyana Moskalkova.
Uning fikricha, Mahachqal’a aeroportidagi tartibsizliklarni qo‘zg‘atuvchilarning maqsadi «Rossiyada fuqarolar tinchligini buzish» bo‘lgan.
Mahachqal’a aeroportidagi tartibsizliklar
29 oktyabr oqshomida Tel-Avivdan Mahachqal’aga Red Wings aviakompaniyasining muntazam reysi yetib kelishidan biroz oldin aeroportda bir necha yuzlab odamlar yig‘ildi. Axborot agentligi suratlarida ularning ba’zilari Falastin bayroqlarini hilpiratganini ko‘rish mumkin. OAV va Telegram-kanallari xabarlariga ko‘ra, agressiv olomon uchish-qo‘nish yo‘lagiga bostirib kirgan. Yig‘ilganlar aeroportdan chiqayotgan mashinalarni to‘xtatgan, u yerdagilarning pasportlari ruxsatsiz tekshirilgan.
Politsiya darhol tartibni tiklay olmadi. Internetda paydo bo‘lgan suratlarda tartibsizliklarda qatnashganlar politsiyaga turli narsalarni uloqtirganini ko‘rish mumkin. Dog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar natijasida 20 kishi, jumladan, politsiya xodimlari ham jabrlangan.
Mahachqal’a aeroporti faoliyati 6 noyabrga qadar to‘xtatildi. 30 oktyabrga o‘tar kechasi Rossiya gvardiyasining maxsus bo‘linmalari Mahachqal’aga yetib keldi. Tergov qo‘mitasining Dog‘iston bo‘yicha departamenti ommaviy tartibsizliklar fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Rossiyada ushbu xatti-harakat tanqid qilindi
Namoyishchilarning xatti-harakatlari Dog‘iston rahbari Sergey Melikov, Dog‘iston muftiysi, Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi, Rossiya yahudiylari kongressi va boshqa ko‘plab tashkilotlar tomonidan tanqid qilindi.
Musulmon va yahudiy diniy jamoalari vakillari «Kommersant» gazetasiga bergan intervyusida Shimoliy Kavkazdagi voqealarni sharhlar ekan, dindoshlarni provokatsiyalarga berilmaslik va dinlararo totuvlikni saqlashga, rasmiylarni esa nima bo‘lganini tushunib, jinoyatchilarni javobgarlikka tortishga chaqirdi.
Rossiya matbuotiga ko‘ra, Mahachqal’a aeroportidagi voqealardan oldin Xasavyurt, Cherkessk va Nalchikda namoyishlar bo‘lib o‘tgan, u yerda qurilayotgan yahudiy madaniyat markazi yoqib yuborilgan.
Isroil rasmiylari Moskvani Rossiya hududida yahudiylar va isroilliklarning xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida
Jahon | 22:40 / 31.05.2025
-
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi
Fan-texnika | 22:02 / 31.05.2025
-
Qizaloq va Lucho: bir muhabbat tarixi
Sport | 21:20 / 31.05.2025
-
Shavkat Mirziyoyev Haj ziyoratidagi o‘zbekistonliklardan xabar oldi
O‘zbekiston | 20:31 / 31.05.2025
Mavzuga oid

14:42 / 31.05.2025
Rossiya TIV: AQSh Isroilni Falastin davlatini yaratish istiqbollarini yo‘q qilishda qo‘llab-quvvatlayapti

14:14 / 31.05.2025
Isroil G‘azo shimolidan falastinliklarni majburan ko‘chirishni boshladi

11:42 / 31.05.2025
Isroil askarlari G‘azoda yordam olishga yig‘ilganlarga qarata o‘t ochdi

08:59 / 31.05.2025