Xitoyning kiberxavfsizlik sohasiga ixtisoslaşgan yirik Meiya Pico kompaniyasi boş direktorining xalqaro marketing böyiça örinbosari Li Yiyao hamda xalqaro bozorlar böyiça direktori Çjyen Jiye bilan muzokaralar ötkazildi.

Mamlakatning Guançjou şahridagi Boş konsulligidan ma’lum qilinişiça, uçraşuvda kompaniya faoliyati va mamlakat bilan kiberxavfsizlik yönalişida özaro hamkorlik munosabatlarini yölga qöyiş masalalari körib çiqildi.

Internetda kiberxavfsizlik, ma’lumotlar bazasi bilan işlaş va soha mutaxassislari malakasini oşiriş yönalişlarida mazkur kompaniya bilan aniq kelişuvlarga erişiş maqsadida Meiya Pico mutaxassiclari Özbekistonga taklif etildi.

Bugungi kunda huquqni muhofaza qiliş idoralari va davlat taşkilotlari uçun yeçimlar va xizmatlarni taqdim etayotgan Meiya Pico Malayziya, Janubiy Koreya, Hindiston, Italiya, Indoneziya, Kamboja, Tailand, Singapur va Fransiyadagi mijozlari bilan işlab kelmoqda.