Qohirada Misr–O‘zbekiston ishbilarmonlari kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Misr ishbilarmonlari uyushmasida (Egyptian Businessmen's Association) Misr–O‘zbekiston ishbilarmonlari kengashi a’zolarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo AA
O‘zbekiston elchixonasidan ma’lum qilinishicha, unda misrlik taniqli tadbirkorlar bilan birga mamlakat elchisi, Misr Tashqi ishlar vazirligi, Bosh xorijiy investitsiyalar agentligi (General Authority For Investmens) vakillari ham ishtirok etdi.
Tadbir chog‘ida ishbilarmon va davlat arboblaridan biri, Misr Vakillar palatasi (parlamenti) qo‘mitasining raisi, Polyserve For Fertilizers and Chemicals kompaniyasi rahbari Sharif al-Gabali kengash raisi, Misr ishbilarmonlari uyushmasi raisi, Nahdet Misr Co. For Agro Industries kompaniyasi boshqaruvchi direktori Helmi Ali Issa uning o‘rinbosari etib saylandi.
Kengash raisi Sharif al-Gabali misrlik tadbirkorlarni O‘zbekiston bilan o‘zaro savdo va investitsiya hajmini oshirishda faol ishtirok etishga chaqirdi. U uzoq muddatli hamkorlikka tayyor bo‘lgan salohiyatli o‘zbek tadbirkorlarini O‘zbekiston-Misr ishbilarmonlari kengashiga jalb etish maqsadga muvofiq bo‘lishini qayd etdi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sumi uchun qasos»: Ukrainaning Shuya va Kurskka zarbalari haqida
Jahon | 09:06
-
40 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi moddani olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi
O‘zbekiston | 09:04
-
Tramp Ukraina bilan yerosti boyliklari bo‘yicha bitim imzolanishini e’lon qildi
Jahon | 08:40
-
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 08:24
Mavzuga oid

14:53 / 31.03.2025
Misr O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytiradi

18:08 / 27.03.2025
Misrda ichida sayyohlar bo‘lgan batiskaf cho‘kib ketdi. Olti kishi halok bo‘ldi

01:57 / 20.03.2025
Misrda 3600 yil avval hukmronlik qilgan sirli fir’avnning qabri topildi

00:41 / 14.03.2025