Afğonistonda «Özbekiston temiryöllari» kompaniyasining vakolatxonasi oçilişi mumkin. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
29 oktyabr kuni boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev Kobulda Afğoniston boş vaziri örinbosari Abdul Ğani Mulla Barodar bilan uçraşdi. Unda tomonlar Özbekiston va Afğoniston örtasida hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan masalalarni muhokama qildi.
Kobulda ötkazilgan uçraşuvlarda «Surxon — Puli-Xumri» elektr uzatiş tarmoği qurilişi loyihasini amalga oşiriş, Özbekistonning Qobul va Mozori Şarif şaharlaridagi savdo uylari faoliyatini qayta tiklaş va jonlantiriş imkoniyatlari körib çiqildi.

Şuningdek, Afğonistonda «Özbekiston temiryöllari» vakolatxonasini oçiş hamda xalqaro yuk taşiş, bojxona nazorati va foydali qazilmali konlarni örganiş kabi boşqa masalalar muhokama qilindi.

















