Iqtisodiy hamkorlik taşkilotiga a’zo mamlakatlar transport vazirlarining 12-yiğilişi doirasida Özbekiston, Turkmaniston, Eron va Turkiya transport sohasidagi manfaatdor vazirliklarining Osiyo va Yevropa örtasida xalqaro multimodal yölagini şakllantiriş böyiça köp tomonlama uçraşuvi bayonnomasi imzolandi.
Transport vazirligi ma’lumotiga köra, «Özbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya» xalqaro multimodal yölagini şakllantiriş böyiça imzolangan bayonnoma quyidagilarni nazarda tutadi:
- Osiyo-Tinç okeani mintaqasi davlatlaridan Yevropa Ittifoqi mamlakatlarigaça Özbekiston, Turkmaniston, Eron, Turkiya hududlari orqali yuk taşişlarni taşkil etiş;
- raqobatbardoş tarif stavkalarini qöllaş va Özbekiston, Turkmaniston, Eron va Turkiya temiryöllarida yuk taşiş uçun qulay şaroitlar yaratiş;
- yönaliş böylab yuk taşişlarni taşkil etişda normativ-huquqiy va texnik standartlarni birxillaştiriş böyiça çora-tadbirlarni hamkorlikda işlab çiqiş;
- yölak iştirokçi-davlatlari örtasida transport sohasidagi boğliqlikni oşiriş.

















