AQSh Ukrainaga yordam uchun ajratilgan mablag‘ning 96 foizini sarflab bo‘ldi
Oq uy vakili Jon Kirbi AQSh Kongressini prezident Baydenning Ukrainaga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish haqidagi so‘rovini ma’qullashga chaqirdi.

Foto: BRENDAN SMIALOWSKI/AFP/Getty Images
AQSh hukumati Kongress tomonidan Ukrainaga yordam berish uchun ma’qullangan deyarli barcha mablag‘larni sarflab bo‘ldi, dedi Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi. «Urush boshidan beri Ukrainaga ajratilgan mablag‘larning umumiy miqdoridan - bu 60 milliard dollardan oshadi, va gap nafaqat xavfsizlik, balki iqtisodiy, moliyaviy va gumanitar yordam haqida ham boryapti - biz 96 foizga yaqinini sarflab bo‘ldik», dedi Kirbi 8 noyabr, chorshanba kuni Oq uydagi brifingda.
Agar faqat harbiy yordam haqida gapirilsa, uning so‘zlariga ko‘ra, ajratilgan mablag‘ning 90 foizdan ortig‘i sarflangan. «Mudofaa vazirligida qish uchun zaxiralarni to‘ldirishga taxminan 1,1 milliard dollar qoldi», deya qo‘shimcha qildi Kirbi. U yana bir bor AQSh prezidenti Jo Baydenning Ukrainaga qo‘shimcha yordam haqidagi so‘rovini ma’qullash zarurligini ta’kidladi.
Bayden Kongressdan Ukraina uchun yana 61,4 mlrd dollar talab qilmoqda
Oktyabr oyida Bayden AQSh Kongressiga Ukrainaga bir yil muddatga 61,4 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam, shuningdek, Isroil mudofaasini mustahkamlash uchun 14,3 milliard dollar hamda qo‘shimcha mablag‘ sifatida 31 milliard dollar, jumladan, Falastin aholisiga yordam berish uchun 10 milliard dollar, AQSh-Meksika chegarasini himoya qilish uchun 13,6 milliard va boshqa milliy xavfsizlik ustuvorliklari uchun 7,4 milliard ajratish so‘rovini yuborgan edi. AQSh prezidenti Kongressdan so‘ragan mablag‘ning umumiy miqdori 106,7 milliard dollarni tashkil etdi.
AQSh Senati 7 noyabr kuni Isroilga Falastinning HAMAS tashkilotiga qarshi kurashida Ukrainaga bir vaqtning o‘zida ko‘mak ko‘rsatmasdan yordam berish uchun 14,3 milliard dollar ajratish haqidagi qonun loyihasini blokladi. 2 noyabr kuni u respublikachilar ko‘pchilik bo‘lgan Vakillar palatasi tomonidan ma’qullangan, biroq demokratlar ustunlikka ega bo‘lgan AQSh Kongressining yuqori palatasida ovoz berishdan o‘ta olmadi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28
-
20 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:21
-
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11
-
Hindistonda may boshidan beri 8 kishi yo‘lbarslar hujumi qurboniga aylandi
Jahon | 22:08
Mavzuga oid

22:06
AQSh 200 ming ukrainalikni deportatsiya qilishi mumkin

20:43
Zelenskiyning Trampni og‘dirishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi – OAV

17:07
Putin Trampga 9 may kuni Kreml yaqinida teraktlarning oldi olingani haqida gapirdi

15:21