“2-3 oy ish va keyin uzoq yillik qamoq” – yurist migrantlarni Rossiyadagi narkokurerlik oqibatlaridan ogohlantirdi
Migratsiya masalalari bo‘yicha ekspert Botirjon Shermuhammad Rossiyadagi o‘zbek vatandoshlarini pul uchun narkokurerlikka yollanish va uning og‘ir oqibatlaridan ogohlantirdi.

Botirjon Shermuhammadga ko‘ra, oxirgi yillarda Rossiyada narkokurerlik faoliyati va bu faoliyatga asosan muhojirlarni jalb qilish holatlari ko‘payib bormoqda.
“Bunday ishlarga ko‘p holatlarda o‘zbek yoshlari aralashib qolyapti. Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, yoshlarda narkotikka emas, bu faoliyatdan keladigan vaqtincha daromadga qiziqish katta. Ularni ana shu vaqtincha daromad aldab qo‘ymoqda.
Shunday bo‘lsa-da, men yoshlarimizning nega shu ishlarga aralashayotganiga hayronman, chunki ular bu jinoyat uchun jazo katta ekanini bilishadi. Ha, bunday ishlarni bilmasdan qilyapti, deyish qiyin, asosiy holatda o‘zlari bilib qilyapti.
Bugun kurerlarning har bitta xizmati 300-700 rubl oralig‘ida ekan — bu katta pul emas. Bir kunda 20-30 ta joyga yetkazib berganda ham, kuniga 100 dollar pul topishi mumkin. Ammo bularning bari katta xavf, tavakkal hisobiga bo‘ladi-ku.
Kurerlarning faoliyati 2-3 oydan ko‘pga bormaydi. Chunki ular o‘rtacha shuncha vaqtda qo‘lga tushadi hamda uzoq yilga qamaladi”, – dedi yurist.
Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, migrantlarni shu kabi ishlarga yollash va ularni uzoq yilga qamashdan Rossiyadagi manfaatdor tomonlar ham bo‘lishi mumkin. U bu borada norkokurerlik bilan shug‘ullangan va qo‘lga tushganlarning barcha ma’lumotlari ichki ishlar organlarida topilayotganiga e’tibor qaratdi.
“Qiziq jihati, ichki ishlarda ushlangan narkokurerlar haqida barcha dallillarning bo‘lishi. Ular kim, qayerga, qancha narkotik olib borgan - barchasini dalillari bilan ko‘rsatib beryapti. Bilishimcha, dori tarqatadiganlar va ichki ishlar xodimlari o‘rtasida tizim ishlaydi. Xodimlar har oyda o‘zini ko‘rsatish uchun dori tarqatuvchi bilan kelishib, 2-3 ta kurerni ushlab berayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqida rossiyalik jurnalistlar ham yozyapti. Bu tizimda faqat kurerlar qurbon bo‘ladi.
Narkokurerlik shunday tashkil qilinadiki, kurer ish beruvchisini tanimaydi, hatto operatorlar ham shaxsini yashirib muloqot qiladi. Hatto shantaj ham qilishar ekan, ya’ni bizga ishlashda davom etmasang, qilgan ishlaringni politsiyaga topshiramiz, deyishar ekan. Bu ishga kirib qolsa, chiqish ham qiyin”, – deydi Botirjon Shermuhammad.
• To‘liq intervyuni yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronga havo zarbalari «Mossad»ning dushman mudofaasini bostirishga qaratilgan maxfiy operatsiyasi bilan birga amalga oshirilgan
Jahon | 21:24
-
Hindistonda Dreamliner qulashi: aviahalokat sababi nima bo‘lishi mumkin?
O‘zbekiston | 21:10
-
Yana bojxona: o‘nlab avtomobillar egalaridan yashirin tarzda Tojikistonda g‘oyib bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:16
-
Viloyatliklar ham Toshkentda taksichilik qila oladi - transport vaziri
O‘zbekiston | 19:48
Mavzuga oid

16:13
«Rosatom» O‘zbekistonda kichik va katta AES quradi

13:38
Tramp: «Aftidan, Putinga Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlari ahamiyatsiz»

12:15
Germaniya tashqi ishlar vaziri: Lavrovga qo‘ng‘iroq qilish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman

23:40 / 12.06.2025