«Dunyo» xabariga köra, universal davriy şarh 2006 yil 5 martda yaratilgan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 60/251 rezolyutsiyasi Inson huquqlari böyiça kengaşining (IHK) mexanizmi bölib, uning doirasida BMTga a’zo barça 193 davlatda inson huquqlari bilan boğliq vaziyatni ekspert baholaş amalga oşiriladi. 

Özbekiston 2023 yil 8 noyabrda özining törtinçi hisobotini taqdim etdi. 44-sessiyada Özbekiston bilan bir qatorda 13 davlat: Ozarboyjon, Bangladeş, Burkina-Faso, Kabo-Verde, Kamerun, Kanada, Kolumbiya, Kuba, Jibuti, Germaniya, Rossiya, Turkmaniston va Tuvaluning ma’ruzalari körib çiqildi.

Özbekiston hisobotlari UDŞning birinçi, ikkinçi va uçinçi şarhlarida mos ravişda 2008 yil dekabr, 2013 yil aprel va 2018 yil may oylarida körib çiqilgan.

Tadbir davomida xalqaro hamjamiyat e’tiboriga Özbekistonda inson huquqlarini himoya qiliş va rağbatlantiriş borasida amalga oşirilayotgan salmoqli sa’y-harakatlar, qonunçilik, ma’muriy va sud-huquq tizimidagi islohotlar xalqaro hamjamiyat e’tiboriga havola etildi.

Özbekiston hisoboti böyiça yiğilişda 84 davlat sözga çiqdi va 244 ta tavsiya berildi.

Sözga çiqqan delegatsiyalarning aksariyati Özbekiston tomonidan 2013 va 2018 yillardagi oldingi UDŞ davrlarida qabul qilingan tavsiyalarni amalga oşiriş hamda IHK bilan oçiq va konstruktiv muloqotni rivojlantiriş böyiça körilgan çoralarni yuqori baholadi.

IHKga a’zo mamlakatlar, şuningdek, Özbekistonning bolalar va majburiy mehnatga barham beriş, ayniqsa, paxta terimi, odam savdosiga qarşi kuraş borasidagi yutuqlarini ham ijobiy baholadi.

Söz va OAV erkinligini ta’minlaş, bolalar huquqlarini himoya qiliş, onalar va bolalar ölimini kamaytiriş, inson huquqlari böyiça uzluksiz ta’lim tizimini yaratiş, ayollar huquqlari va gender tengligini ta’minlaş, ayollarga nisbatan zöravonlikning oldini oliş, korrupsiyaga qarşi kuraş, huquqbuzarliklarga qarşi kuraş böyiça körilayotgan çora-tadbirlarning samarali natijalari e’tirof etildi.

2023 yil 10 noyabr kuni Özbekistonning UDŞ böyiça törtinçi ma’ruzasini eşitiş yakunlari yuzasidan tegişli tavsiyalar qabul qilindi.