Yevrokomissiya X onlayn-servisiga qarshi surishtiruv boshladi
X tarmog‘i noqonuniy kontent va dezinformatsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni ta’minlash va foydalanuvchi interfeysini chalg‘ituvchi dizayn majburiyatlarini buzganlikda gumon qilinmoqda.

Foto: Monika Skolimowska/dpa/picture alliance
Yevropa komissiyasi 18 dekabr, dushanba kuni X mikrobloglar xizmati (sobiq Twitter)ga qarshi rasmiy ish ochdi. «Bugun biz X tomonidan ehtimoliy qoidabuzilishlar bo‘yicha rasmiy tartibni ochmoqdamiz», deb yozdi Yevropa Ittifoqining ichki savdo va xizmatlar bo‘yicha komissari Terri Breton.
Yevropalik siyosatchi ta’kidlaganidek, onlayn-servis noqonuniy kontent va dezinformatsiyaga qarshi kurashish majburiyatlarini buzish, foydalanuvchi interfeysini chalg‘ituvchi dizayn shaffofligini ta’minlash majburiyatlariga rioya qilmaslikda gumon qilinmoqda. Kompaniya Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunning (DSA) sakkizta moddasini buzganlikda aybdor deb topilishi mumkin.
Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonun Yevropa Ittifoqida 25 avgust kuni kuchga kirdi. Unga ko‘ra, kompaniyalar irqchilik, narkotiklar va kontrafakt mahsulotlar savdosi, dezinformatsiya tarqalishiga qarshi kurashishi shart. Oktyabr oyida Bryussel X tarmog‘ini Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush bilan bog‘liq yolg‘on ma’lumot tarqatgani uchun ogohlantirgan, deb eslatadi AFP. Tanqidchilar kompaniya egasi Ilon Maskni o‘tgan yili Twitter’ga rahbarlik qila boshlaganidan beri kontent moderatsiyasini va noto‘g‘ri ma’lumotlarga qarshi kurashni sezilarli darajada qisqartirganlikda ayblamoqda.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zarafshon daryosidan elektr toki yordamida baliq ovlagan shaxslar ozodlikdan mahrum qilindi
O‘zbekiston | 17:13
-
Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda
O‘zbekiston | 17:00
-
Alisher Qodirov maktabda bolalarga “Katyusha” yodlatilgani holati yuzasidan Maktab vazirligidan izoh so‘radi
O‘zbekiston | 16:59
-
«Rosatom» O‘zbekistondagi kichik AES bloki uchun uskunalar ishlab chiqarishni boshladi
O‘zbekiston | 16:51
Mavzuga oid

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

20:51 / 15.04.2025
YeI migrantlar qaytarib yuboriladigan yettita xavfsiz mamlakatni aniqlaydi

21:07 / 28.03.2025
Yevrokomissiya sun’iy intellekt va kiberxavfsizlikka 1,3 mlrd yevro ajratadi

00:29 / 10.03.2025