Polshada 14 kishi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun qamaldi
Polsha ichki xavfsizlik agentligi ma’lum qilishicha, bir guruh belaruslar, ruslar va ukrainlar Rossiya «FSB»ga aloqador bo‘lgan hamda Kiyevga harbiy yuk olib ketayotgan poyezdni relsdan chiqarib yuborishni rejalashtirgan.

Foto: Shutterstock
Lyublin okrug sudi Belarus, Rossiya va Ukrainaning 14 fuqarosini Rossiya Federatsiyasi foydasiga josuslik qilganlikda aybdor deb topdi. Ular 13 oydan 6 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi va jarimaga hukm qilindi. Polsha matbuot agentligi (PAP) 19 dekabr, seshanba kuni sud qarorini e’lon qildi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchilar Polshadagi muhim infratuzilma obektlari haqida ma’lumot to‘plashgan, Ukrainaga harbiy va gumanitar yordam olib o‘tish uchun foydalaniladigan magistrallar yaqinidagi temiryo‘llarni kuzatib borishgan, shuningdek, NATO va Ukrainani tanqid qiluvchi bosma materiallarni tarqatishgan. Guruh yanvardan iyungacha bir qancha joylarda ishlagan, Telegram messenjeri orqali ko‘rsatmalar olgan va kriptovaluta ko‘rinishidagi pul mukofotini qabul qilgan, deya xabar beradi Polsha ichki xavfsizlik agentligi.
Ish bo‘yicha ayblangan shaxslar Rossiya «FSB» tezkor axborot va xalqaro aloqalar xizmati faoliyatiga aloqador, deya qo‘shimcha qildi Polsha maxsus xizmati. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchilar «kuratori» Ukrainaga harbiy yuk olib ketilayotgan poyezdni relsdan chiqarib yuborishni rejalashtirgan.
Kompyuter texnikasi va telefonlar musodara qilingan
Guruh a’zolari mart va avgust oylari oralig‘ida qo‘lga olingan. Ularning uylari va avtomashinalaridagi tintuv chog‘ida o‘nlab telefonlar, noutbuklar va boshqa elektron qurilmalar, fotosuratlar va bosma materiallar olib qo‘yildi, deya qayd etadi PAP.
Hukm e’lon qilinishida sudlanuvchilar ishtirok etmagan, ularning advokatlar qatnashgan. Bu ish bo‘yicha yana ikki ayblanuvchi ustidan sud jarayoni alohida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid

21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi

13:15 / 13.05.2025
Londonda olti bolgar Rossiya foydasiga josuslik qilganlik uchun qamaldi

00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi

11:04 / 10.05.2025