AQSh Iroqdagi eronparast jangchilar pozitsiyalariga zarbalar berdi
AQShning Iroqdagi bazasiga uchuvchisiz uchoq tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida uch nafar amerikalik harbiy jarohat oldi. Pentagon Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhning uchta obektiga havo hujumi uyushtirilganini e’lon qildi.

Foto: Getty Images
Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan jangchilar tomonidan Iroq va Suriyadagi amerikalik harbiylarga bir qator hujumlarga javoban AQSh harbiylari Iroqdagi guruh tomonidan foydalaniladigan uchta obektga zarba berdi. Bu haqda Pentagon rahbari Lloyd Ostin 25 dekabr kuni kechqurun ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, «zarur va mutanosib» aniqlikdagi havo hujumlari AQSh prezidenti Jo Bayden ko‘rsatmasi bilan amalga oshirilgan.
AQSh harbiylarining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, amaliyot natijasida «Hizbulloh»ning bir qancha jangchilari yo‘q qilingan, ular ishlatgan obektlar vayron bo‘lgan. «Ushbu zarbalar Iroq va Suriyadagi koalitsiya kuchlariga hujumlar uchun bevosita mas’ul bo‘lgan jangchilarni javobgarlikka tortish va ularning keyingi hujumlarni amalga oshirish imkoniyatlarini cheklash uchun mo‘ljallangan», — dedi AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbari general Maykl Kurilla.
AQSh harbiylari Iroqdagi bazaga dron hujumi oqibatida jarohat oldi
Avvalroq, guruh Iroq shimolidagi kurdlar nazorati ostidagi mintaqada AQShning Erbil havo bazasiga kamikadze-dronlar bilan hujum qilgandi, hodisa oqibatida uch amerikalik harbiy jarohat olgan.
7 oktyabrda HAMAS jangchilarining Isroilga hujumi hamda Isroil va HAMAS tashkiloti o‘rtasida urush boshlanganidan so‘ng Iroq va Suriyadagi AQSh bazalariga hujumlar sezilarli darajada oshdi. Oktyabr oyi o‘rtalaridan beri AQSh harbiylari 100 dan ortiq shunday hujumlarni qayd etgan. Ularning aksariyati Iroqda sodir etilgani uchun eronparast koalitsiyaga aloqador qurolli guruhlarning erkin ittifoqi javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
Iroqda 2500 ga yaqin, Suriyada esa 900 ga yaqin amerikalik askar joylashgan. Bu mamlakatlarda AQSh boshchiligidagi harbiy koalitsiya IShID guruhi qayta tiklanishining oldini olishga yordam berishni maqsad qilgan.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

23:34 / 04.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi

18:50 / 04.07.2025
AQSh savdo bitimini tuzmagan davlatlarga ogohlantiruvchi xat yuborishni boshladi

13:56 / 04.07.2025
AQSh Kongressi Trampning «katta ajoyib» qonun loyihasini qabul qildi

10:26 / 04.07.2025