Tramp Oliy suddan Koloradodagi praymerizda qatnashishiga ruxsat berishni so‘radi
«Kolorado Oliy sudining qarori konstitutsiyaga zid ravishda millionlab saylovchilarni saylov huquqidan mahrum qiladi», - deydi Donald Trampning advokatlari.

Foto: Kamil Krzaczynski/AFP/Getty Images
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp 3 yanvar, chorshanba kuni AQSh Oliy sudidan Koloradodagi praymerizda o‘z nomini saylov byulletenida qoldirishni rasman so‘radi.
Shu tariqa, Tramp Kolorado Oliy sudining 2023 yil 19 dekabrda uni 2024 yil 5 martga belgilangan respublikachilarning birlamchi saylovlaridan chetlashtirish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat qildi.
«Kolorado Oliy sudining qarori Konstitutsiyaga zid ravishda Koloradodagi millionlab saylovchilarni saylov huquqidan mahrum qiladi va ehtimol butun mamlakat bo‘ylab o‘n millionlab saylovchilarni saylov huquqidan mahrum qilish uchun shablon sifatida ishlatilishi mumkin», deyiladi Trampning advokatlari murojaatida.
Trampga Koloradodagi praymerizda qatnashish taqiqlandi
Kolorado Oliy sudi Donald Trampga mamlakat Konstitutsiyasiga kiritilgan 14-tuzatish asosida praymeriz saylovlarida ishtirok etishni taqiqlagan. Bu isyonda qatnashgan shaxslarni fuqarolik va harbiy davlat lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qiladi. 2021 yil yanvar oyida AQSh sobiq prezidenti tarafdorlari tomonidan Kapitoliyga bostirib kirish sudyalar tomonidan isyon sifatida baholangan.
«Janob Trampning apellyatsiyasi uning munosibligiga oid muammolar soni va bu masalani milliy darajada hal etish zaruriyatini hisobga olib, AQSh Oliy sudiga bosimni kuchaytiradi», — deb yozadi The New York Times shu munosabat bilan.
Trampning Mendagi praymerizdan chetlatilishiga qarshi apellyatsiya
Avvalroq, 3 yanvarga o‘tar kechasi OAV Donald Tramp shtat davlat kotibi Shenna Bellouzning respublikachilar praymerizlarida ishtirok etishiga ruxsat bermaslik haqidagi qarori ustidan Men shtati sudiga apellyatsiya shikoyati bergani haqida xabar qilgan edi.
Trampga qarshi xuddi shunday da’volar yana bir qancha shtatlarda ham ochilgan. Noyabr oyida Minnesota Oliy sudi sobiq prezidentning saylovda qatnashishini taqiqlashdan bosh tortdi, Michigan shtatida esa sud Oq uy sobiq rahbari saylov byulletenida qolish-qolmasligini sud tizimi emas, Kongress hal qilishi kerak, degan qarorga keldi.
AQSh sobiq prezidentining o‘zi Kapitoliyga bostirib kirishga aloqadorligini rad etyapti.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
O‘zbekiston | 15:49
-
AQShda bir sentlik tangalarni chiqarish to‘xtatiladi
Jahon | 15:47
-
🔴 LIVE: Isroilga ters G‘arb, Putinga muloyim Tramp | Geosiyosat
Jahon | 15:46
-
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:01
Mavzuga oid

21:45 / 23.05.2025
Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik bojlar joriy etish rejasini e’lon qildi

22:38 / 22.05.2025
Tramp Oq uyda JAR prezidentini «oqtanlilar genotsidi» ayblovi bilan kutib oldi

22:22 / 22.05.2025
Sud Trampga Ta’lim vazirligining barcha xodimlarini ishga qaytarish majburiyatini yukladi

07:50 / 22.05.2025