Belgorod aholisiga evakuatsiyada yordam taklif qilindi
Shaharni tark etishni istagan Belgorodning barcha aholisi gubernator yoki shahar merining qabulxonalariga murojaat qilishi mumkin - ular boshqa joylarga olib ketiladi, deb va’da berdi viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkov.

Foto: Reuters
Rasmiylar Belgorodning shaharni tark etishni istagan barcha aholisiga evakuatsiyada yordam berishga va’da qildi. «Siz ketishga tayyor ekanligingizni bildirishingiz kerak. Bugunoq sizni Stariy Oskol va Gubkinga olib borishga tayyormiz», deb yozdi Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov 5 yanvar, juma kuni o‘zining Telegram-kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, evakuatsiya qilinadiganlar «juda qulay sharoitda, issiq va xavfsiz xonalarga» joylashtiriladi va u yerda «kerak bo‘lgunicha» qolishi mumkin bo‘ladi. Ketish istagida bo‘lganlardan gubernator, shahar meri Valentin Demidovning qabulxonalariga yoki 112 yoki 111 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.
«Mintaqamiz hududidagi vaqtinchalik joylashtirish markazlarida joy yetarli emas, demak, men hamkasblarimga, boshqa mintaqalar gubernatorlariga murojaat qilaman, ular bizga yordam berishi mumkin», deb yozadi Gladkov. Uning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning qo‘rquvlari va «xavfsiz joyga borish» uchun yordam haqidagi shikoyatlari paydo bo‘lganidan so‘ng, rasmiylar Belgoroddan bir nechta oilalarni olib ketgan.
Belgorodning o‘qqa tutilishi Ukrainaga hujumlarga javob bo‘ldi
So‘nggi kunlarda Belgorod o‘q ostida qoldi. 30 dekabr kuni shahar markazi o‘qqa tutilishi natijasida 25 kishi halok bo‘ldi, bu - Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlanganidan beri Rossiya shahridagi eng ko‘p qurbonlar soni. «RBK-Ukraina» nashri Ukraina maxsus xizmatlaridagi manbalarga tayanib, hujum harbiy obektlarga amalga oshirilganini ma’lum qildi.
Mintaqani o‘qqa tutish 2024 yilda ham davom etyapti, ular Rossiyaning Ukrainaga, shu jumladan Belgorod qo‘shnisi Xarkivga yirik raketa hujumlari fonida sodir bo‘lyapti.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shri-Lankada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 15:08
-
Zelenskiy Putinning to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish taklifiga javob qaytardi
Jahon | 14:36
-
Buxoro va Xorazmni bog‘lovchi yo‘lni chigirtkalar bosdi
O‘zbekiston | 14:03
-
Yevropa osmonidan Etihad’gacha – o‘zbekistonlik styuardessa hikoyasi
Jamiyat | 13:05
Mavzuga oid

23:20 / 28.03.2025
Ukraina armiyasi Belgorod oblastida bir necha aholi punktini egallagan: ko‘priklar portlatilmoqda

08:45 / 25.03.2025
Ukraina Rossiyaning Belgorod oblastida ilgarilamoqda

10:10 / 09.02.2025
Ukraina generali: «Zalujniy 2022 yildayoq Belgorodga hujumni taklif qilgandi»

11:21 / 27.12.2024