Özbekiston Markaziy banki noyabr oyida dunyodagi boşqa moliyaviy regulyatorlardan köproq oltin sotdi. Bu haqda Jahon Oltin Kengaşining (WGC) oylik ma’lumotlarida keltirib ötilgan.
Hisobot davrida jahon markaziy banklarining jami oltin zaxiralari 44 tonnaga oşgan.
Noyabr oyida qimmatbaho metallarning eng faol xaridorlari Turkiya (25 tonna), Polşa (19 tonna) va Xitoy (12 tonna) Markaziy banklari böldi.
Mazkur vaqtda oltinning asosiy sotuvçisi Özbekiston Markaziy banki böldi va öz zaxiralarini 11 tonnaga qisqartirdi. Şuningdek, Qozoğiston Markaziy banki tomonidan ham 3 tonna oltin sotilgan.
2023 yil yakunlariga köra, Özbekiston qimmatbaho metallarni sotiş böyiça Qozoğistondan biroz ortda qolib, ikkinçi örinni egalladi. Xitoy sof xaridlar böyiça yetakçi böldi, undan keyingi örinlarni Polşa va Singapur.
Ma’lumot uçun, 2023 yilning 11 oyida Özbekiston 8,1 mlrd dollar qiymatidagi oltin sotdi. Bu ötgan yilga nisbatan 2,3 barobarga köp. Şuningdek, 2022 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2021 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2020 yilda 5,8 mlrd dollarlik, 2019 yilda esa 4,9 mlrd dollarlik oltin sotilgan.

















