Soğliqni saqlaş vazirligining tegişli buyruği bilan Amrillo Şodiyeviç Inoyatov Salomatlik va strategik rivojlaniş instituti direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

2023 yilning sentabr oyida Aholining soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş va jismoniy faolligini oşiriş markazi Salomatlik va strategik rivojlaniş instituti etib qayta taşkil qilingandi.

Amrillo Inoyatov 1979 yilda tuğilgan. 2001 yil Buxoro davlat tibbiyot institutini, 2005 yilda Toşkent tibbiyot akademiyasida «Bolalar yuz-jağ jarrohligi» mutaxassisligi böyiça aspiranturani tamomlagan. 

Mehnat faoliyatini 2001 yilda Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy-tekşiriş laboratoriyasida boşlagan. 2006-2014 yillarda uşbu institutning «Xirurgik stomatologiya» kafedrasi assistenti, mazkur kafedra mudiri, Stomatologiya fakulteti dekani vazifalarida işlagan. 2014-2020 yillarda Toşkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filialining Stomatologiya fakulteti dekani, uşbu filial direktori, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori sifatida faoliyat körsatgan.

Tibbiyot fanlari doktori, professor Amrillo Inoyatov 2020 yil iyulida Özbekiston prezidentining yoşlar, fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimiga tayinlangan. 

2020 yil noyabrdan soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari bölib işlagan, 2022 yil dekabrida soğliqni saqlaş vaziriga aylangandi.

2023 yil 4 yanvar kuni esa u vazirlikdan ketgani, prezident administratsiyasining Ijtimoiy rivojlaniş departamenti rahbarining birinçi örinbosari Asilbek Xudayarovga soğliqni saqlaş vaziri vazifasini bajariş yuklatilgani ma’lum böldi.